Tadbirkorlik sifatlari va ko`nikmalari Reja


Download 23.64 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi23.64 Kb.
#1490868
1   2   3   4
Bog'liq
tadbirkorlik sifatlari va ko\'nikmalari

Shaxsiy mezonlami o`rnatish: faoliyat yuritish mezonlarini o`rnatish va ularga erishish bo`yicha keyingi ish olib borish — gullab-yashnovchi korxonaning yana bir ko`rsatkichi hisoblanadi. Bu mezonlar daromad, sifat, sotuv hajmi yoki aylanma mablag` darajasini aniqlab berishi mumkin. Ko`pgina korxonalar ulaming ishlari yildan yilga yaxshiroq borishiga intilishadi, ular joriy yil uchun o`rnatilgan mezonlarga nisbatan yuqoriroq mezonlarni o`rnatib, ularga erishadilar.

  • Noaniqlik sharoitida ishlay bilish: tadbirkorlik yollanma mehnatga nisbatan ko`proq noaniqlik bilan bog`liq. Bu noaniqlik sotuv hajmi va aylanma mablag`ga tegishh bo`lishi, shu bilan birga, materiallarni ta`minlash, narx, bankning qo`llab-quvvatlashi kabi boshqa sohalarni ham qamrashi mumkin. Bunday noaniqlik sharoitida ruhiy charchashsiz ishlash qobiliyati juda muhim omil sanaladi.

  • Ishga butunlay berilib ishlash: korxonani yaratish va uni boshqarish faoliyatiga butunlay berihb ketish, shuningdek, hayot tarzi o`zgarishini talab qiladi. Biznes tadbirkor hayotida birinchi ustuvorlik bo`lishi lozim.

  • Xarakteming kuchli tomonlariga tayanish: muvaffaqiyatga erishuvchi biznesmenlar ularda mavjud bo`lgan kuchli tomonlarga tayangan holda ish ohb borishadi, bu tomonlar qo`l ishini sifath bajara ohsh ko`nikmalari, sotishni bilish, yaxshi tashkil qilish qobihyati, hujjatlar va boshqa yozma materiallami chiroyli rasmiylashtira ohsh, aniq bir mahsulot yoki xizmatni bihsh, savdo tizimidagi insonlami bihsh, shuningdek, aloqalami o`mata ohsh va ulami qo`llay bihsh qobihyati bo`hshi mumkin.

  • Ishonchlilik va to`g`rilik: haqiqatgo`ylik, ish munosa- batlarida to`g`rilik va va`da qilingan ishni bajarishdagi ishonchlilik korxonani muvafifaqiyatli boshqarishning asosiy omillari bo`lib hisoblanadi.

  • Tavakkalni o`z zimmasiga ola bilish: har bir korxonaning faoliyati tavakkal bilan bog`liq. 0`lchangan yoki hisoblab chiqilgan tavakkalni o`z zimmasiga ola bilish qobiliyati ko`rsatkich bo`lib hisoblanadi. Tavakkalga bunday yondashuv ushbu tavakkal butunlay yo`q bo`lishi uchun taxminiy narxlar va foydani aniqlash, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli va o`z qobiliyatiga ishonishni ko`zda tutadi. Shuningdek, tadbirkoming shakllanishiga bir qator omillar ta`sir etadi — ma`lumoti, fe`l-atvori, oilaviy ta`sir, oldingi ishi va hayotiy tajribasi, o`z ishiga munosabati, rejalari va h.k. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkoriarga ega bo`lish uchun ma`lum ishlami amalga oshirish kerak. Bu, avvalo, mutaxassislar tayyorlash, o`qitish va o`qish jarayonlarini shunga moslashtirish demakdir.

    Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilib, mutaxassislar tayyorlashda muhim o`zgarishlar yuz bermoqda. Tadbirkor-biznesmenlar tayyorlash kengaytirilib, yetakchi mamla- katlarda o`qishga minglab yoshlar yuborilyapti. 0`qish, o`qitish, mutaxassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko`rilayotir.
    Tadbirkoiga xos xususiyatlardan yana biri uning madaniyatidir. Tadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rsatishimiz mumkin:

    1. Tadbirkorlik madaniyati — bu madaniyat omillarini hamma yo`naMshlari bo`yicha zamonaviy tashkil qiUsh (moddiy va ma`naviy).

    2. Madaniyatning ayrim unsurlari rivojlanishi bo`yicha g`oya, maqsad, vazifalaming bir-biriga mos kehshi.

    3. Tadbirkoming amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi.

    4. Tadbirkoming ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi.

    5. Tadbirkor o`z faoliyatida xodimlari va hamkorlarini eng qadrh kishilari sifatida qabul qilishi kerak.

    6. Tadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qarab, qolganlami ham o`ziga ishontira olishi lozim.

    Maqsadga erishish uchun tadbirkoiga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorlik faoliyatida o`z biznesini boshqarish — bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Tadbirkoming korporativ madaniyatni boshqarish pog`onalari quyidagichadir:

    1. Madaniyatning rivojlanish an`analari va holatini tahlil qilish.

    2. 0`rganilayotgan davrda mavjud muammolami aniqlash.

    3. Paydo bo`lgan muammolarning ob’yektiv va sub’yektiv omillarini aniqlash.

    4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo`llarini ko`rsatish.

    5. Chuqur o`rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foyda­lanish.

    Zamonaviy tadbirkorlaming AQSHhk yorqin vakih Maykl Dell — u Dell Computer Corp. firmasini 19 yoshida, bhinchi kurs talabasi ekanligida tuzgan. Firmaning dastlabki sarmoyasi bir ming AQSH dollariga teng bo`lgan. Maykl 40 yoshga to`lganida kompaniyaning sotilish hajmi 45 milhard AQSH dollariga teng bo`lgan. U kompyuter ishlab chiqaruvchi firmalar orasida yetakchi o`ringa chiqqan.
    «DELL» korporatsiyasining asoschisi Maykl Dell muvaffaqiyatining to`qqiz qoidasi:

    • bozorni yaxshilab o`rgan;

    • vositachisiz sot;

    • senga mahsulot yetkazib turuvchilami hunnat qil;

    • xodimlaringni hurmat qil;

    • sening muvaffaqiyatingni faqat sening mijozlaring kafolatlaydi;

    • o`z ustingda ishlashdan charchama;

    • keng ko`lamda o`yla va harakat qil;

    • o`z iqtidoringga va o`zingga ishon;

    • o`sishni o`z maqsadingga aylantirma.

    0`zingizning tadbirkorlik qobiliyatingizni uzluksiz rivojlantiring. Biznes odamining asosiy xossalaridan biri bu faolhk — mavhum sharoitlarda harakat qihshga tayyorgarlik hisoblanadi. Bu biznes uchun unchalik o`ziga xos bo`lmagan, biroq bu faoliyatda dastlabki qadamni qo`yish uchun, muvaffaqiyatga erishish va uni mustah- kamlash keyinchalik barpo qilinadigan biznes poydevorini shakUantirish uchun kerakh shart hisoblanadi. Boshqa ikki sifat biznes va biznesmenning yetuklikka erisha borishi bilan juda yaqqol ko`zga tashlanadi. Bular hisobiy fikrlash va marketingni tanlash. Bu xususiyatlaming rivojlanishiga muvaffaqiyat to`g`ridan to`g`ri bog`liq bo`libgina qolmasdan, biznesmen ishining rivoji ham bog`liqdir. Bulardan yana biri — odamlami boshqara ohsh qobihyati bo`hb, ijtimoiy ruhiy xususiyat hisoblanadi.
    Biznes gullab-yashnashi uchun pul bilan ishlay bilishning o`zi yetarh bo`hnay, odamlar bilan ishlay bihsh ham kerak. Yaxshi biznesmen ish muloqoti san`ati sirlarini muntazam egallab borishi lozim. Bu sifatlar biznes bilan shug`ullanayotgan odamda naqadar mushtaraklasliib ketishi va uning shaxsiy xususiyatlarini shaJdlantirishi haqida tortishish mumkin. Boshqa faoliyat turlarida bo`lgani kabi insonda kasbiy xususiyatlarining ildiz otish me`yori keng miqyosda ro`y beradi, ya`ni yuzakidan yuqori (professio­nal) darajagacha bo`lishi mumkin.



    Download 23.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling