Tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rag`batlantirishda tijorat banklarining ro`lini oshirish reja: Kirish


Bitiruv – malakaviy ishining maqsadi


Download 0.58 Mb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1514736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi (2)

Bitiruv – malakaviy ishining maqsadi. Hozirgi kunda banklarning mohiyati, ahamiyati, tadbirkorlik subektlari faoliyatida tutgan o’rni, moliyalashtirish mablag’lari, ularni boshqarish xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish asosida banklar uchun tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag`batlantirishga va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish va boshqarishni takomillashtirish yo’llarini taklif etishdan iborat.
Bitiruv – malakaviy ishining vazifasi. Bitiruv – malakaviy ishida qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- banklarning mohiyati, boshqarishning nazariy asoslarini o’rganish;
- tadbirkorlik subektlari faoliyatida tutgan o’rni va ularning ahamiyatlilik darajasini tahlil qilish;
- tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag`batlantirishga va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strategik usul va uslublarni ishlab chiqish va tavsiya qilish .
Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Tadbirkorlik sub`ektlari, ularning tashqi iqtisodiy faoliyati masalalari haqida Respublikamizda bir qator ustozlarimiz tomonidan yoritilgan ,shuningdek tijorat banklarining mohiyati, iqtisodiyotimizda tutgan o`rni haqida ham bir qancha asarlar mavjud. Shunga qaramasdan bizning nazlimizda bu mavzu haligacha dolzarbdir.
Bitiruv – malakaviy ishining obyekti va predmeti. «Hamkorbank» ATB Shaxrixon filliali, uning mavzuga oid ma’lumotlari, hisob va hisobotlari hisoblanadi. Bankning tadbirkorlik sub`ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rag`batlantirishdagi o`rni bitiruv ishining predmeti.
Bitiruv – malakaviy ishining uslubiy asoslari bo’lib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o‘zgartirish, ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va bank faoliyati to`g`risidagi kitob,maqola,jurnallar.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling