Tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rag`batlantirishda tijorat banklarining ro`lini oshirish reja: Kirish


-bob.CHEKI “HAMKORBANK” ATB tijorat bankining tadbirkorlik sub`ektlrini tashqi iqtisodiy faoliyatini


Download 0.58 Mb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1514736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi (2)

3-bob.CHEKI “HAMKORBANK” ATB tijorat bankining tadbirkorlik sub`ektlrini tashqi iqtisodiy faoliyatini
3.1. Chet el kapitali ishtirokidagi Hamkorbank ATB haqida umumiy ma’lumot.
Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki 1991-yil 1-sentabrda “Andijonbank nomi bilan o’z faoliyatini boshlagan. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining 2000-yil 13-maydagi qaroriga asosan bank nomi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki nomiga o’zgartirilgan bo’lib,aksiyadorlik jamiyati shakliga cheklanmagan muddatga faoliyat yurita boshlagan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keying o’rinlarda “markaziy bank”) tomonidan 2000-yil 24-iyulda 64-son bilan ro’ytxatga olindi.
Bank o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va o’z ustaviga amal qiladi, ularning bajarilishini ta’minlash maqsadida hamda o’z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ichki me’yoriy-xuquqiy hujjatlarni qabul qiladi. Hamkorbank barcha turdagi bank xizmatlarini ko'rsatuvchi universal bankdir. Bankning filial tarmog'i 46 ta filialdan iborat bo'ib, Respublikaning barcha xududlarini qoplaydi va mamalkatdagi filial tarmog'i kengligi bo'yicha eng kata xususiy bank hisoblanadi. Bankning 49,8 foiz aksiyalariga Ibragimov Ikrom Ibragimovich egalik qiladi. Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi (Jahon banki) va Gollandiyaning rivojlanish moliya kompaniyasi (FMO) bankning jami 22% aksiyalariga egalik qiladi.
50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarining keng doirasiga xizmat ko’rsatmoqda. Xizmat ko’rsatishning keng tarmog’i bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay bo’lishiga ko’maklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Bank o’z faoliyatini Markaziy bankning litsenziyasi asosida olib boradi.
Bank o’z nomidan foydalanishda mutlaq huquqga ega. Bank joylashgan yeri ko’rsatilgan hamda davlat tilida to’liq yozilgan dumaloq muxrga, shtampga, blankalarga,o’z emblemasiga va boshqa vizual o’ziga tegishli barcha mol mulk bilan javobgar bo’ladi.
Bank qonunchilikda belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga va vakolatxonalar, sho’ba banklari ochishga xaqlidir.
Bank o’z faoliyatida quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
-pul mablaglarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
-to’lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank xisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish ;
-jismoniy va yuridik shaxslarning bank xisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik xisobvaraqlarini ochish xamda yuritish;
-kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatli sharti bilan o’z nomidan o’zining mablag’lari xamda jalb etilgan mablag’lar xisobidan berish;
-chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;
-jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;
-inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko’rsatish;
-uchunchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;
-uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
- lizing berish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;
- aktivlar majmuini(portifelini) boshqarish;
- bank kartalarini berish va to’lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko’rsatish.
Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari O’zbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish o’rinlarini yaratishga ko’maklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash bo’yicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab quvvatlash bank faoliyatida alohida o’rin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, o’z omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qo’yadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes subektlarini kreditlash savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik ko’mak berish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Xalqaro moliya institutlari(XMI) bilan 20 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim ko’rsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi ishonchli qarz oluvchi sifatida obro’-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka bo’lgan ishonchning tobora oshib borayotganligining dalilidir. Bank bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro moliya korporatsiyasi(IFC), Gollandiya banki(FMO) va responsibility investitsion kompaniyasi tomonida xarid qilinishi buning isboti bo’ldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Oxirgi yillar davomida ham bank ko’plab yutuqlarga erishdi, shuningdek, bir qator sohalarda yetakchi bank deb tan olindi. Jumladan:

  • 2018-yil iyun oyida Hamkorbank va Xalqaro Moliya korporatsiyasi birgalikda O’zbekiston tarixida birinchi marta London fond birjasida 10 mln AQSh dollari ekvivalentidagi “Samarkand” deb nomlangan obligatsiya joylashtirdi. Ushbu obligatsiyalar realizatsiyasidan tushgan mablag’lar kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yo’naltirildi.

  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2020-yil davomida moliyaviy xizmatlar taklif etish ko’rsatkichi bo’yicha reytingda Hamkorbank 1-o’rinni egalladi.

Bankning yaqin istiqboldagi rejalarida raqamli bank xizmatlarini joriy qilish orqali bank faoliyatining samaradorligini oshirish va mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha ishlar yanada takomillashtirilish vazifasi belgilangan.

Bank ustav kapitali aksiyadorlar olgan bank aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi.


Bankning ustav kapitali bank mol-mulkining bank kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.
Bankning ustav kapitali miqdori bank tomonidan 21 554 966 000 (yigirma bir milliard besh yuz ellik to’rt million to’qqiz yuz oltmish olti ming) donajoylashtirilgan xar bir aksiyaning nominal qiymati 5(besh) so’m bo’lgan bank aksiyalaridan iborat bo’lib, 107 774 830 000 (bir yuz yeti milliard yeti yuz yetmish to’rt million sakkiz yuz o’ttiz ming) so’mni tashkil qiladi.
Bank aksiyalarini joylashtirishda va bank aksiyalarini sotib olishda ular uchun to’lovlar faqat pul mablaglari shaklida amalga oshiriladi. Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablaglardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag’lardan foydalanish mumkin emas.
Bankning barcha aksiyalari egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz hisoblanadi. Bank oddiy aksiyalarning joylashtirish shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga xaqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati bank ustavi kapitalining 20% i dan oshmasligi kerak.
Bankning joylashtirilgan aksiyalarining soni 21 554 966 000 (yigirma bir milliard besh yuz ellik to’rt million to’qqiz yuz oltmish olti ming ) dona bo’lib, shundan:
-egasining nomi yozilgan, oddiy xujjatsiz aksiyalar soni 20 881 541 000 (yigirma milliard sakkiz yuz sakson bir million besh yuz qirq bir ming ) dona;
-egasining nomi yozilgan, imtiyozli, hujjatsiz aksiyalar soni 673 425 000 (olti yuz yetmish uch million to’rt yuz yigirma besh ming )dona.
Bank bitta aksiyaning nominal qiymati 5 (besh ) so’m.
Bank ustav kapitalini oshirish maqsadida e’lon qilingan aksiyalari mavjud emas.
Bank o’zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yo’li bilan qonun hujjatlari talablarini xisobga olgan xolda ochiq obuna o’tkazishga xaqli.
Jismoniy va yuridik shaxslar yoki birgalikda xarakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan norezidentlar bir yoki bir necha bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:

  • 5 va undan ko’proq foizni tashkil etadigan ulushni bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.

Bank aksiyadorlari:

  • Bank aksiyadorlarining reestriga kiritilishi ;

  • Depo xisobvarag’idan o’ziga taaluqli ko’chirma olish;

  • Bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;

  • Bank tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulk bir qismini olish

Zahira fondini shakllantirish va qonun hujjarlarida nazarda tutilgan boshqa xollardan tashqari bank sof foydasini taqsimlash masalalarida to’la xo’jalik mustaqilligiga ega. Bankning balans va sof foydasi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida o’rnatilgan tartibga asosan aniqlanadi.
Barcha soliq va majburiyatlar to’lovlarni to’lagandan keyin qolgan sof foyda bank ixtiyorida bo’ladi va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan va aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga muvofiq bank zahiralari va fondlarini to’ldirishga yo’naltiriladi, dividend ko’rinishida bank aksiyadorlari o’rtasida taqsimlanadi va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Dividend bank sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir. Dividend aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari yoxud bankning qimmatli qog’ozlari bilan to’lanishi mumkin.


Bankning imtiyozli aksiyalari bo’yicha dividendlarni qimmatli qog’ozlar bilan to’lashga yo’l qo’yilmaydi.
Dividend aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

1-jadval. « Hamkorbank » ATB ning umumiy stukturasi.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling