Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkaziladigan attestatsiya bo‘yicha savolnom a


Download 27.85 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1765095
  1   2
Bog'liq
b79ff249fa58652233e810950d352ec5


O‘zbekiston Respublikasi
adliya vazirining
2023-yil “ ”-iyuldagi
____-um-son buyrug‘iga
2-ilova


Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkaziladigan attestatsiya bo‘yicha
S A V O L N O M A


I. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlanganligiga oid savollar



  1. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari.

  2. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari.

  3. Tadbirkorlik subyektlarining o‘z tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari.

  4. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari.

  5. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari.

  6. Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish kafolatlari.

  7. Tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari.

  8. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashning kafolatlari.

  9. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish kafolatlari.

  10. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari.

  11. Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari.

  12. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari.

  13. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari.

  14. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari.

  15. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi.

  16. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari.

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi


PQ–374-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bo‘yicha savollar


  1. “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Tekshiruv o‘tkazishda tadbirkorlik subyektlari qanday huquqlarga ega?

  3. Tekshiruvlarni o‘tkazishda tadbirkorlik subyektlarining majburiyatlari haqida ma’lumot bering.

  4. Tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari qanday?

  5. Tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarning majburiyatlari qanday?

  6. Nazorat qiluvchi organlar qanday asoslar mavjud bo‘lganda vakolatli organga tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv o‘tkazishni tashabbus qilishga haqli?

  7. Nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvni kelishish uchun Axborot tizimiga qanday ma’lumotlar kiritiladi?

  8. Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruqda qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim?

  9. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari vakolatli organ bilan kelishgan holda qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin?

  10. Tadbirkorlik subyektining faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish maqsadida nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo‘yicha monitoring qaysi tashkilot(lar) tomonidan amalga oshiriladi?

  11. “Xavfni tahlil etish” tizimini tushuntirib bering.

  12. Xavf darajasining tahlili qanday ma’lumotlarni o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin?

  13. Huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori tasnifidagi tadbirkorlik subyektida profilaktika tadbirlarini o‘tkazmasdan va ularning natijasini kutmasdan qanday holatlar doirasida tadbirkorlik subyektida tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish mumkin?

  14. Tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi toifalarini tushuntirib bering.

  15. “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida qancha muddat oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi?

  16. Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini qanday hollarda tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega?

  17. Tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfining yuqori toifasi haqida ma’lumot bering.

  18. Tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfining o‘rtacha toifasi haqida ma’lumot bering.

  19. Tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfining past toifasi haqida ma’lumot bering.


Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling