Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


Download 39.15 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi39.15 Kb.
#1635772
  1   2   3
Bog'liq
PQ








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (bundan buyon — “yagona darcha” markazlari) tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning oshkoraligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, “yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini belgilash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilansinki, banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar:
2017-yilda faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda 2017-yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvalini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini;
ikki oy muddatda 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini;
2017-yil 1-sentabrga qadar 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yo‘li bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali qog‘oz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligining 2017-yilning I choragida quyidagilarni ta’minlaydigan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
“yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalar (bundan buyon — ruxsatnoma va litsenziyalar) olish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish;
tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shaklda ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsatnoma va litsenziyalar olish to‘g‘risida elektron shaklda ariza berish imkoniyatini yaratgan holda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarini avtomatlashtirish;
tadbirkorlik subyektlari “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha qayerda va qay tarzda murojaat qilganidan qat’i nazar, ruxsatnoma va litsenziyalar olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishning borishi va natijasini kuzatish imkoniyati;
ruxsatnoma va litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumot olish imkoniyati.
Oldingi tahrirga qarang.
10. 2-ilovada ko‘rsatilgan, Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan vakolatli organlar:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini belgilasin hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
belgilangan muddatlardan boshlab Jadvalga kiritilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorlik subyektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsin;
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining davlat mulki bo‘lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulk Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Download 39.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling