Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


— 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari


Download 39.15 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi39.15 Kb.
#1635772
1   2   3
Bog'liq
PQ

2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
RO‘YXATI
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

T/r

Beriladigan hujjat, ko‘rsatiladigan xizmat nomi

Joriy qilish muddati

Mas’ul organlar




I. Ruxsat berish tartib-taomillari




3.

3.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma

2019-y.

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.), Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Turamuratov I.B.), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)




4.

4.

Yo‘llar, yo‘l inshootlari, temir yo‘l o‘tkazgichlari, yo‘llar va ko‘chalar bo‘ylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish

2019-y.

Ichki ishlar vazirligi(Azizov A.A.)




8.

8.

Maxsus qo‘llaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qo‘shimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma

2019-y.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.)




10.

10.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma

2019-y.




12.

12.

Loyihaviy hujjatlarning me’moriy-rejalashtirish topshirig‘iga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi me’moriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish

2018-y.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (To‘xtayev A.X.)




13.

13.

Me’moriy-rejalashtirish topshirig‘i

2019-y.




15.

15.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdusamatov B.X.)




16.

16.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

2018-y.




17.

17.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.




18.

18.

Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.




21.

21.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik

2018-y.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Xidoyatov D.A.)




22.

22.

Qonunchilikda belgilangan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik

2018-y.




30.

30.

Bojxona omborini ta’sis etish

2019-y.




31.

31.

Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish

2019-y.




32.

32.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etish

2019-y.




35.

35.

Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

2019-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov K.I.)




36.

36.

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma

2019-y.

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (Rizayev D.X.)




38.

38.

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtirilad�gan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish

2019-y.




40.

40.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda elektr qurilm?larni sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)




41.

41.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)




42.

42.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab �iqarishda foydalanishni kelishish

2020-y.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI (Axmedov D.B.), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Dexkanov D.T.)




45.

45.

Obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi to‘g‘risida davlat ekspertizasi xulosasi

2019-y.

Davlat ekspertiza organlari




49.

49.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shart

2018-y.

Foydalanish tashkilotlari




II. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari




51.

2.

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyati

2019-y.

Moliya vazirligi (Xodjayev B.A.)




53.

4.

Lotereyalar tashkil etish

2019-y.




54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish

2018-y.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov)




58.

9.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish

2019-y.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (To‘xtayev A.X.)




60.

11.

Tovar-xomashyo birjalarining birja faoliyati

2019-y.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi













62.

13.

Turizm faoliyati

2020-y.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Sharapov A.K.)




65.

16.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

2020-y.

Transport vazirligi (Dehqonov D.T.)




66.

17.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat bilan shug‘ullanish

2019-y.

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi (Shakirov B.A.)




(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga
SHARH
Xalq bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni samarali tashkil etishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur bo‘lmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, ko‘pchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham an’anaviy usullarda, qog‘oz shaklida ko‘rsatilmoqda.
Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, “yagona darcha” markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida ko‘maklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur sohada tadbirkorlik subyektlari ko‘targan dolzarb muammo va takliflar, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazilmoqda. Bu esa �yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.
Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “yagona darcha” markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning mavjud tarqoq tizimi o‘rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
“Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda.
Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish bilan shug‘ullanadi.
“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko‘maklashdi.
Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori bo‘lgan qo‘shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda.
Endilikda tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “yagona darcha” markazlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Yagona darcha” markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik subyekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi.
Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan boshlab “yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog‘oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
2017-yilning I choragidan ishga tushiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi:
tegishli davlat organiga bormasdan turib, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;
ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanishga;
“yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni va natijasini, qayerda va qay tarzda murojaat etganidan qat’i nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.
Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga joriy etishga ko‘maklashadi.
Download 39.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling