Tadbirkorlik va boshqaru


O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI YANADA DIVERSIFIKATSIYALASH


Download 71.22 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi71.22 Kb.
#1384100
1   2   3   4   5
Bog'liq
denov

3. O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI YANADA DIVERSIFIKATSIYALASH
Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.
Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim.
Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. 
Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi.
Ma'lumot o‘rnida: 90-yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 33 foizi qishloq xo‘jaligi ulushiga to‘g‘ri kelgan va o‘z navbatida sanoat mahsulotlari esa 14 foizdan oshmagan. Shuningdek, sanoat mahsulotlarining asosini paxta tozalash va qishloq xo‘jaligi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etgan.
Bugungi kunda esa, amalga oshirilgan islohatlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 32,9 foizga yetdi, o‘z navbatida qishloq ho‘jaligi sohasi yuqori sur'atlarda o‘sishiga qaramasdan yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 17,6 foizni tashkil etdi va hizmat ko‘rsatish sohasinng ulushi 49,5 foizga yetgan.
Asosiy vazifa esa, davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2030-yilda 40 foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir.
Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali rivojlantirishni ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur. Jumladan 2017-2020-yillarda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida 42 mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada barqaror va izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab chiqirish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash joiz. 
Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish zaxilaridan keng foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta'minlaydi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,6 mlrd. dollarini tashkil etdi.
Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 106 ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan, shuningdek, 356 turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki barobardan ziyodga kamaygan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.
Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 3 tasida umumiy qiymati 486 mln.dollarlik 62 ta loyihalar amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1 201 investitsiya loyihalri amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:
Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash; 
Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi bosqichga o‘tish;
Uchinchidan - ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va import o‘rnini bosishni rag‘batlantirish siyosatini davob ettirish, avvalam bor iste'mol tovarlari va butlovchi qismlar, tarmoqlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
To‘rtinchidan - tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish evaziga tayyor mahsulotlar eksportini yuqori o‘sish sur'atlariga erishish;
Beshinchidan - sanoatda energiya va xom ashyo sarfini qisqartirish, mahsulot ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbaalaridan foydalanishni kengaytirish va sanoat tarmoqlarida mehnat unimdorligini oshirish;
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini 8%ga pasaytirish va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi belgilangan. 
Oltinchidan - yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qo‘shimcha 1,2 trln.so‘mlik 248 ta loyihalar ishga tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat sohasida tub tarkibiy o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash imkoniyatiga egamiz.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no'l ko'ymasliqdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga oliiib ishlab chiqarish sohalariga o'simlik beriladi. Modsiy ishla chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy qayta qurish ham ko'zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo'lgan, butui xalq xo'jaligining rivojlanish tamoyillariii belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.
Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek «Tarkibiy tuzilishda chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O'zbekistonning barqaror iqtisodiy o'sishini va aholi farovonligini ta'minlashning, jahon iqtisodiy tizimi qo'shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.»

XULOSA
Xulosa qilib aytganda Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Shu sababli rsspublikamizda kekingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash orqali iqtisodiy o'sishga erishildi. 1998 yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 1997 yilga nisbatan 104.4 foizni tashkil etadi.
Sanoatda muayyan ijobiy tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilishi natijasida, uning mahsuloti 1998 yil oldingi 01ga nisbatan 105,8 foizni tashkil qildi. Sanoatning yetakchi asosiy tarmoqlari ayniqsa barqaror rivojlandi.
Tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo'jalik majmuasini bunyod etish birinchi navbatda eng muhim maroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni zarur qilib qo'yadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii o'zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidaga o'zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xo'jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yo'nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog'liqdir.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o'zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o'zak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo'jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo'jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish fondi o'rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o'rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o'ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko'proq e'tibor beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o'z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.

Download 71.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling