Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6bi-21 guruh talabasi Olimjonov Jamshidbekning “Bank ishi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 1.68 Mb.
|
6BI-21 guruh talabasi Olimjonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma Aktivlarning aylanish bosqichlari
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6BI-21 guruh talabasi Olimjonov Jamshidbekning “Bank ishi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishiMavzu: aylanma mablag’lar va mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash usullariReja:
Reja: Har bir xo‘jalik o‘z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma’lum qiymatni avanslashtirishi kerak. Ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, ya’ni uzoq muddatli va aylanma aktivlarga bo‘lish mumkin..Aktivlar Aylanma aktivlar Asosiy aktivlar Ishlab chiqarish Tovarlarni sotish Pul Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar. Aylanma Aktivlarning aylanish bosqichlariAylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi. Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin. Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish bosqichi bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichida yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi. Ishlab chiqarish Tovarlarni sotish Pul Aylanma aktivlar korxona balansining aktiv qismida ko‘rsatilib quyidagi tarkibiy guruhlarga bo‘linadi. 1-guruh. Tovar-moddiy boyliklar 1. ishlab chiqarish zahiralari; 2. tayyor mahsulot; 3. tovarlar kiradi. 2-guruh. Ishlab chiqarish xarajatlari 1. tugallanmagan ishlab chiqarish; 2. kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi. 3-guruh. Pul mablag‘lari 1. g‘aznadagi pul mablag‘lari; 2. valyuta mablag‘lari; 3. hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari; 4. boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari kiradi. 4-guruh. Debitorlar 1. xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar; 2. bo‘nak to‘lovlari; 3. byudjet bilan hisob-kitoblar; 4. xodimlar bilan hisob-kitoblar; 5. shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar; 6. uyushma korxonalar bilan hisob-kitoblar; 7. ta’sischilar bilan hisob-kitoblar; 8. boshqa debitorlar kiradi Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling