Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6bi-21 guruh talabasi Olimjonov Jamshidbekning “Bank ishi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.68 Mb.
Sana11.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1454575
Bog'liq
6BI-21 guruh talabasi Olimjonov

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6BI-21 guruh talabasi Olimjonov Jamshidbekning “Bank ishi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: aylanma mablag’lar va mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash usullari

Reja:

    • Aktivlarning turlari
    • Aylanma aktivlarning aylanish bosqichlari
    • Mavsumiy mavsumga bog’liq bo’lmagan tarmoqlar

Reja:

Har bir xo‘jalik o‘z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma’lum qiymatni avanslashtirishi kerak. Ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, ya’ni uzoq muddatli va aylanma aktivlarga bo‘lish mumkin..


Aktivlar
Aylanma aktivlar
Asosiy aktivlar
Ishlab chiqarish
Tovarlarni sotish
Pul
Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar.

Aylanma Aktivlarning aylanish bosqichlari


Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi. Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin.
Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish bosqichi bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi.
Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichida yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish
Tovarlarni sotish
Pul
Aylanma aktivlar korxona balansining aktiv qismida ko‘rsatilib quyidagi tarkibiy guruhlarga bo‘linadi.
1-guruh. Tovar-moddiy boyliklar
1. ishlab chiqarish zahiralari;
2. tayyor mahsulot;
3. tovarlar kiradi.
2-guruh. Ishlab chiqarish xarajatlari
1. tugallanmagan ishlab chiqarish;
2. kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi.
3-guruh. Pul mablag‘lari
1. g‘aznadagi pul mablag‘lari;
2. valyuta mablag‘lari;
3. hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari;
4. boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari kiradi.
4-guruh. Debitorlar
1. xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar;
2. bo‘nak to‘lovlari;
3. byudjet bilan hisob-kitoblar;
4. xodimlar bilan hisob-kitoblar;
5. shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar;
6. uyushma korxonalar bilan hisob-kitoblar;
7. ta’sischilar bilan hisob-kitoblar;
8. boshqa debitorlar kiradi
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling