Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi 3i-20 guruh talabasi Murodov javohirning statistikadan mustaqil ishi tayyorladi: Murodov javohir


Download 1.31 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1406669
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro iqtisodiy faoliyat

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida jahon xoʻjaligiga chuqurroq integratsiyalashish maqsadida Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. bir necha yoʻnalishlarida rivojlantirilmoqda. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish shular jumlasidandir. Keyingi yillarda Oʻzbekiston ishchi kuchini eksport qilish borasida ham xorij mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda 

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ba’zida tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham atalib, ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:

  • - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan harakati ko‘pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;
  • - pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin;
  • - qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
  • - ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida.

Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya  ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o‘z ichiga oladi.

Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:

1 immigrantlar va noimmigrantlar; 2 shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar; 3 nolegal, yashirin immigrantlar; 4 boshpana so‘rovchi shaxslar; 5 qochoqlar.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling