Dt Foizlar bo’yicha xarajat (100000 x 12 %) (9/12) 9000
Kt Qisqa muddatli to’lanadigan veksel bo’yicha chegirma 9000
Dt Тo’lanadigan veksel (qisqa muddatli) 100000
Kt Pul mablag’lari 100000
Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobi
Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi deb, daromad olish yoki majburiyatni qondirish jarayoni bir necha muddat davomida amalga oshadigan xo’jalik muomalalarining hisobot davriga tegishli qismiga aytiladi. Yangi hisob-varaqlar rejasida bunday xo’jalik muomalalarini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan«Muddati uzaytirilgan daromadlar»«Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar»«Muddati uzaytirilgan diskontlar (chegirtmalar)» «Muddati uzaytirilgan mukofotlar (ustamalar)» «Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar»
«Muddati uzaytirilgan daromadlar» hisobvarag’i hisobot davrida bonak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga ham tegishli bo’lgan daromadlar haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan. Muddati uzaytirilgan daromadlarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun oldindan qilingan to’lovlar; ijara to’lovlari; havo va temir yo’l transporti chiptalarini oldindan sotilishidan olingan mablag’lar; davriy nashrlarga oldindan qilingan obuna to’lovlari va boshqalar4-misol. «XYZ» kompaniyasi 2004 yilning 1 noyabr kuni 6 oy muddatga vaqtinchalik bo’sh turgan asosiy vositasini ijaraga berdi. Shartnoma summasi 120000 so’m bo’lib, ijaraga olgan tashkilot bu summani o’sha kuniyoq «XYZ» kompa-niyasining hisob-kitob hisobvarag’iga o’tkazib berdi. Bu xo’jalik muomalalari ijaraga bergan tashkilot buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 2004 yilning 1 noyabr kunida, pul mablag’larining kelib tushishigan
Dt «Pul mablag’lari» 120000
Kt «Muddati uzaytirilgan daromadlar» 120000
2004 yilning 31 noyabr kuni, noyabr oyi uchun tegishli bo’lgan daromad summasi tan olinganda ( 120000 so’m : 6 oy) x 1 oy = 20000 so’m
Do'stlaringiz bilan baham: |