Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “moliya va bank ishi” kafedrasi


DT 4010«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 500 m.s. KT


Download 167.62 Kb.
bet11/23
Sana21.02.2023
Hajmi167.62 Kb.
#1219064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
kurs ishim ahror

DT 4010«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 500 m.s.
KT 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar» 500 m.s.
Bir yo’la quyidagi provodka tuziladi:
DT 6310«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»
KT 4010«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Olingan bonaklar bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlarning joriy qismi hisobi
Mahsulot (tovar va boshqa aktivlar)ni etkazib berish, ishni bajarish yoki xizmat ko’rsatishdan avval bo’nak tariqasida olingan pul mablag’lari bo’yicha xaridorlar oldida majburiyat kelib chiqadi. Garchand pul kelib tushgan bo’lsa ham bu mablag’larni daromad deb tan olish mumkin emas. Chunki, hali bu xo’jalik muo-malasi bo’yicha aktivlarning chiqib ketishi ro’y bergani yo’q. Ular turli shakldagi aktivlarni xaridorga jo’natilishi yuz bergandan keyingina tan olina boshlanadi.
5-misol. «XYZ» kompaniyasining mahsulotini sotib olish uchun 2004 yilning 4 yanvarida «A» korxonasi uning hisob-kitob hisobvarag’iga 500000 so’m pul tushirdi. Shartnoma shartlariga ko’ra mahsulotni etkazib berish, pul tushgan kundan boshlab 10 kun ichida amalga oshirilishi lozim. Bu xo’jalik muomalalari «XYZ» kompaniyasining buxgalteriya hisobida quyidagicha o’z aksini topadi. 2004 yilning 4 yanvar kuni, bo’nak summasining kelib tushishiga
Dt «Pul mablag’lari» 500000
Kt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo’naklar» 500000
2004 yilning 14 yanvar kuni xaridorga mahsulot jo’natilganda
Dt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo’naklar» 500000
Kt «Mahsulotni sotishdan olingan daromad» 500000

Hisoblangan soliqlar bo’yicha majburiyatlar hisobi.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar mamlakat hududida amaldagi qonunlarga ko’ra faoliyatlarining barcha turlaridan olayotgan daromadlari, yaratayotgan qo’shimcha qiymati summasi, mulki, xodimlarining ish haqidan ushlab qolingan daromad solig’i hamda boshqa soliqlar va majburiy ajratmalar bo’yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlarning hisob-kitobini to’g’ri yuritishlari lozim. Bir necha misol yordamida soliqlar bo’yicha yuzaga keladigan majburiyatlarni hisobga olish tartibini keltiramiz.
6-misol. «XYZ» kompaniyasi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi hisoblanadi. Hisobot davrida korxona xaridorlarga nasiyaga 300000 so’mlik mahsu-lot sotdi. Qo’shilgan qiymat solig’ining harakatdagi stavkasi 20 %. Ushbu holatda qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatni hisoblab topish va buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtirish lozim.

Download 167.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling