Dt «Pul mablag’lari» 100000
Kt «Тo’lanadigan veksel», qisqa muddatli 100000
2003 yil 31 dekabr – foizni hisoblash to’g’risidagi tuzatish yozuvi:
Dt «Foiz ko’rinishidagi sarflar»
(100000) (12%) (3/12) 3000
Kt «Hisoblangan foizlar» 3000
2003 yil 31 dekabr – moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot:
Foizlar bo’yicha xarajatlar 3000 Buxgalteriya balansi (joriy majburiyatlar): Тo’lanadigan veksel, qisqa muddatli 100000 Hisoblangan foizlar 3000 Vekselni to’lash kunidagi yozuv: 2004 yil 30 sentyabr – to’lash muddatidagi nominal summa va foizlarning to’lanishi:
Dt «Hisoblangan foizlar» 3000
Dt «Foiz ko’rinishidagi sarflar»
(100000) (12%) (9/12) 9000
Dt «Тo’lanadigan veksel», qisqa muddatli 100000
Kt «Pul mablag’lar» 112000
Foizsiz veksellar. Foizsiz so’zi – bu turdagi veksellar uchun eng yaxshi ta’rif emas, chunki haqikatda bunday veksellar uni to’lovga taqdim qilgan shaxsga diskont ko’rinishidagi daromad keltiradi. Ya’ni, bunday veksellar bank foiz stavkasini hisobga olgan holda nominal qiymatidan past bahoda muomalaga kiritiladi.
3-misol. 2003 yilning 1 oktyabr kuni «XYZ» kompaniyasi nominal qiymati 100000 so’m bo’lgan veksel evaziga bankdan 1 yil muddatga qarz oldi. Shu sanadagi kapitalning qiymati 12 % ga teng bo’lgan. Shunga ko’ra bank kompaniya hisob-kitob varag’iga 12 % diskont bilan 88000 so’m pul o’tkazib beradi.Oradagi farq (100000–88000 q 12000 so’m) qarz bergan bankning daromadi bo’lib hisoblanadi. Ammo bunday holatlarda, qarz olgan tashkilotda vekselning nominal qiymati bilan haqikatda olingan qarz summasini buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirish muammosi yuzaga keladi. Хalqaro amaliyot, bunday hollarda veksel qiymatini aks ettirishning «netto» va «brutto» usulini tavsiya etadi. Ushbu usullarni 3 misol ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz. «Netto» usuli:
2003 yil 1 oktyabr – to’lanadigan foizsiz vekselni joriy qiymatiso’mma-sida aks ettirish:
Do'stlaringiz bilan baham: |