«tadbirkorlik va boshqaruv» fakul’teti «moliya va bank ishi»kafedrasi


Kirish ............................................................................................................... 4


Download 375.4 Kb.
bet2/10
Sana04.11.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1746017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMALIYOT FAZLIDDIN

Mundarija:

  1. Kirish ............................................................................................................... 4

  2. Asosiy qism

  1. Ishlab chiqarish amaliyotining vazifa va maqsadlari ........................................... 6

  2. Amaliyot obyekti haqida ma`lumotlar...........................................................8

3.Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari va mohiyati.................9


  1. Xulosa va takliflar................................................................................23

  2. Foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar ....................................... ......25


I.KIRISH
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga
muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro
standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shartsharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017-yilning yanvar — iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini o‘rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim dasturlarining o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayapti. Shu bois talabalarning malakaviy amaliyoltlarga qanshishi ularga biriktirilgan amaliyot rahabrlari tomonidan qattiq nazoratga olingan va ulaga yetarli malakaviy bilimlar berib borilmoqda.
Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini ko‘tarishdan iborat, chunki iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib vijdonan va ma’suliyat bilan mehnat qilish hisoblanadi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o‘z qobiliyatini to‘liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin. Bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs - ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta’siri ostida bo‘lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga bog‘liq holda uning shaxsiy manfaatlari (unga bog‘liq holda xulqi, harakatlari) har doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o‘z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ularning maqsadlari, mehnat intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgandan so’nggi o’tgan yillar davomida bosib o’tilgan yo‘l, xalqimizning kuch-qudrati buyuk bunyodkorlik ishlariga qodir ekanligini isbotlamoqda. Bugungi kundagi ilmiy-tехnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari qatorida ta‘lim sohasiga ham zamonaviy tехnologiyalami joriy etishni va uni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni taqozo etmoqda. Bu masalani bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligini Prеzidеntimiz Sh.M.Mirziyoyеvning quyidagi fikrlari ham tasdiqlamoqda: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.”1 Ma‘lumki, barcha davrlarda ham o‘qitish mazmuni, ta‘lim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o’zaro muvofiqlikda rivojlanib kеlgan. Ro‘y bеrgan ijtimoiy o‘zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta‘lim mazmunida o‘z aksini topadi.
Hozirgi kunda Respublika ta‘lim tizimini mubdan isloh qilish, uni bugungi kunda shiddat bilan taraqqiy etayotgan zamon talablariga javob beradigan tarzda shakllantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Ishlab chiqarish amaliyoti orqali biz ishlab chiqarish muhitiga kasbiy mutahasislik fanlari bilan o’rgangan bilimlarimizni amalda birlashtirgan holda qo’llashdan iboratdir.


Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling