«tadbirkorlik va boshqaruv» fakul’teti «moliya va bank ishi»kafedrasi


Download 375.4 Kb.
bet4/10
Sana04.11.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1746017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMALIYOT FAZLIDDIN

Talabaning vazifasi

  1. Amaliyot o'tuvchi talaba belgilangan muddatda buyruqqa asosan belgilangan amaliyot ob'ektiga etib borish shart.

  2. Amaliyot o’tuvchi talabaga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’iga asosan ishlab chiqarishdan amaliyot rahbar tayinlanadi va talaba shu rahbarni ko’rsatmalariga binoan dasturda ko’rsatilgan savollarni o’rganib boradi va rahbariga bo’ysinishi.

  3. Amaliyot rahbarlari bilan birgalikda ish rejasi tuziladi.

  4. Barcha ishlab chiqarish amaliyoti talablari amaliyot ob’ektining mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ichki tartib qoidasiga so’zsiz amal qilishi, talaba tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarda va ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashishi shart.

  5. Amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq, o‘z vaqtida bajarilishi shart.

  6. Bajaradigan ishi va uning natijalari bo’yicha shu amaliyot ob’ekti xodimlari qatorida javobgarlik olishi.

  7. Har bir talaba amaliyot davrida kundalik tutib, unda har kuni bajarilgan ishni yozib borilishi kerak.

  8. Amaliyot davrida talaba kafedra bilan kelishilgan holda tanlangan ilmiy mavzusi bo‘yicha, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plashi kerak.

  9. Amaliyot davrida talaba amaliyot ob‘ektining har kuni bajariladigan ishlari va jarayonlarni hujjatlashtirishini, yillik hisobotlarni tahlil qilib, hisobotni to‘ldirishni o‘rganishi hamda chizmalar, tasvirlar va hisob-kitoblarni bajarishi, o‘rganib o‘z hisobotida ilova tariqasida ko‘rsatishi kerak.

  10. Har bir talaba amaliyot natijalarini uslubiy ko‘rsatma rejasiga asosan o’rganib, hisobot tuzib, amaliyotning oxirgi haftasida amaliyot rahbariga topshirishi va himoya qilishi kerak.

Amaliyot ob`ekti haqida ma’lumotlar
“MFotih”XK faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo’nalishlari:
Korxona vazifa va funksiyalari: Korxona ustavida belgilangan ishlarni bajarish va xizmatlar koʼrsatish korxona faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar korxona faoliyatining asosiy yoʼnalishlari hisoblanadi:
Xususiy korxona maishiy texnikalarni o`zaro hamkorlikda muddatli to`lovga sotish bilan shug`ullanadi hozirgi kunda 100 dan ortiq tovarlar mavjud sotuvda. Xizmat koʼrsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.


Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi. «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to‘liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo‘jaliklari va boshqalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab - bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim.
Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko‘rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo‘lgan hisob va hisobot masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi.
Buxgalteriya hisobi — bu, kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining maqsadi foyda- lanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgal­teriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlashdan iborat.


Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling