Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Osiyo xalqlari tarixi” fanidan kurs ishi Mavzu: Qadimgi Eron tarixi


Download 334.5 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi334.5 Kb.
#1411582
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mirzohid kurs ishi4

Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. av. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o'rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an'ana urf-odat va rasmrusumlarni saqlovchi maglar bo'lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo'lishni targ'ib qildi. Doro I er. av. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e'lon qildi. Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug'lik, oy, shamol kabilarni o'zida ifodalagan xudolarga sig'inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo'lsalarda, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar. Ahmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar.
Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishg'ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo'yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro I o'zini ma'buda Neytning o'g'li deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag'ishlab ibodatxonalar quradi. Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. av. IV asr) Eronda diniy islohot o'tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo'q qilmoqchi bo'ladi. Bu islohot o'z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so'ng, qadimgi xudolarga sig'inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo'l qo'ymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o'tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o'zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi. Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o'zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan bin o'ziga xos mixxatning yaratilishi bo'lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo'g'i 40 belgidan iborat bo'lib deyarli alfavitli yozuv bo'lgan.
Qadimgi fors me'morchiliginmg ulug'vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan. Tog' qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shahar uch tomondan devor bilan o'rab olinib, to'rtinchi tomoni tog' qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga I10 zinapoyali keng hashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo'lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida relyeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o'ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o'yib tushirilgan.
Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan. Persepoldan 3 km. uzoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining relyeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro I ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog'laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yog'och Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar loniyadan, ill suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi.
Yog'ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo'lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi.
Qadimgi fors san'ati namunalari icnida nozik did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan jiton qadahlar, zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon. Yashma kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotiar tasviri tushirilgan. Ular ninoyatda mohirlik, bilan yasalgan bo'lib, haqiqiy san'at asari hisoblanadi. Fors san'atida, ayniqsa, o'simlik va hayvonlarni hayotiy tasvirlari bo'lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi7.



Qadimgi Eron va O`rta Osiyo san`ati.


Eramizdan avvalgi VI asrda mavjud bo`lgan Eron podsholigi (boshqacha aytganda Ahmoniylar podsholigi) Sharqdagi eng katta davlatlardan biri hisoblangan. Bu podsholikning asoschisi Ahmoniylar sulolasidan chiqqan Kir II (Kayxusrav II) bo`lgan. U dastlab Eronning Janubiy o`arbidagi tog`lik rayonlardan birining hukmdori bo`lgan. Eramizdan avvalgi VI asr o`rtalaridan boshlab, o`z yerlarini kengaytirishga kirishgan. Dastlab Midiya podsholigiga qarshi qo`zg`olon ko`tarib, uni qaramlikdan qutultirgan va Eron hamda Midiya podshosi bo`lib olgan. So`ngra Bobil, O`rta yer havzasidagi qator yerlarni bosib olib, davlat chegarasini yanada kengaytirgan. Sharqiy chegaralarni ham kengaytirish niyati va rejalari uning vorislari tomonidan amalga oshirilgan. Doro I yurishlari natijasida bu podsholik chegarasi Orol dengizidan Hind okeanigacha, Kichik Osiyo va Misr yerlaridan Xitoy chegaralarigacha borib yetgan.
Ahmoniylar davlati o`zining qisqa, lekin eng gullagan va kuch-quvvatga to`lgan davrini eramizdan avvalgi V asr boshlarida kechirdi. Shu davrda uning san`ati va madaniyati ham misli ko`rilmagan darajada ravnaq topdi. Shu asrlarda hashamatli saroylar, mustahkam maqbaralar yuzaga keldi. Oltin va qimmatbaho toshu injulardan nafis uy, ov va jang buyumlari, qurol-aslahalar ishlangan. Serjilo sopol idishlar yasaldi, qimmatbaho kimxob matolar to`qildi. Haykaltaroshlik (ko`proq bo`rtma tasvir tarzida), devoriy suratlarning nafis yodgorliklari yuzaga keldi.
Ahmoniylar davri yodgorliklari ichida silindrlik muhrlar ham keng o`rinni egallagan. Muhr yuzasiga hayotiy voqealarni aks ettiruvchi tasvirlar tushurilgan. Shoh hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan tasvirlar muhr yuzasiga ishlangan tasvirlarning bosh mavzusini belgiladi. Qadimgi Eron san`atida dumaloq haykallar va ayniqsa relyef keng uchraydi. Bu yerda shoh va shahzodalar, turli hayvon va afsonaviy jonivorlar haykallari yaratildi. Buyumlar yuzasiga bo`rtma tasvirlar ishlash, metallardan turli idishlar yasash borasida eronliklar mashhur bo`ldilar. Oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yaratilgan uy-anjom buyumlari, qurol-aslahalar, ov qurollari nihoyatda nafis va jimjimador qilib ishlangan. Kulochilik buyumlari shakl jihatdan rang-barang, geometrik naqshlar, hayotiy syujetlar bilan bezatilgan. Eron san`atida parchinlar (mayolika) keng qo`llanildi. Ular Eron me`morlik yodgorliklariga o`ziga xos qaytarilmas joziba kiritdi.
Ahmoniylar davrida vujudga kelgan san`at O`rta Sharq halqlari tarixida muhim o`rin egallaydi. Bu san`at bevosita O`rta Sharqda ashagan xalqlarning yangi o`zaro munosabati natijasida, atrofdagi xalqlar san`ati ta`sirida ravnaq topdi. Jumladan, Persepol va Suza saroylarini qurishda Sug`d, Baqtriya va Xorazmdan kelgan usta va san`atkorlar mehnat qilganliklari haqidagi ma`lumotlar mavjudligi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga, Ahmoniylar davri san`ati atrofidagi mamlakatlar san`atiga, jumladan O`rta Osiyo san`ati taraqqiyotiga ham o`zining sezilarli ta`sirini o`tkazgan.
Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda O`rta Osiyoda dastlabki ibtidoiy davlatlar shakllana bordi. Zardushtiylik (er.av. VII asr) dini yoyildi. Uning muqaddas kitobi “Avesto” esa shu din qarashlarini targ`ib etadi. Qadimgi O`rta Osiyo san`ati va madaniyatini o`rganishda bizgacha saqlanib kelgan qal`a, saroy, turar joy va qabrlar bilan birga zardushtiylar dini bilan bog`liq bo`lgan ossuariylar (astadonlar) deb ataluvchi odamlar suyagini saqlash uchun mo`ljallangan sopoldan yasalgan idishlar muhim daliliy material bo`lib xizmat qiladi.
Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan “Amudaryo boyligi” (Oks boyligi) muhim o`rinni egallaydi. Hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida haykallar, turli ko`za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tanganlar, oltindan yasalgan aravacha va qurollar diqqatga sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo`lsa ham, lekin nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi, detallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. “Jangchi - sak” bo`rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan.
Markaziy Qozog`iston qabrlaridan uch oyoqqa o`rnatilgan bronzadan yasalgan qozonlar topilgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda ishlangan bu qozonlarning tepa qismi hayvonlar tasviri - ko`proq tog` echkisi haykali bilan bezatilgan. Markaziy Qozog`iston yerlaridan topilgan taqinchoqlardan topilgan taqinchoqlarda yovvoyi qush, kiyik va echki tasvirlari uchraydi. Bu tasvirlarda hayvon va qushlarning eng xarakterli belgilari harakat paytida ko`rsatiladi. Aksincha, hajmli dumaloq hayvonlarda (asosan ular amaliy san`at buyumlarining ajralmas qismi bo`lgan) hayvonlar harakati og`ir va vazmin bo`lib, ular ko`p hollarda soat strelkasi harakatida ko`rsatiladi.
Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn eramizdan avvalgi IV asrlarda Ahmoniylar davlatini tor-mor etib, O`rta Osiyo yerlarining ko`pgina qismini o`ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg`ona va Sirdaryo bo`yidagi ko`chmanchi qabilalargina o`z mustaqilligini saqlab qoldi.
Eramizdan avvalgi III asr o`rtalarida Parfinon davlati (Turkmanistonning janubiy-g`arbiy tomoni va Eronning shimoliy sharqiy qismlari) O`rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida tanildi. Arshakiylar sulolasi boshqargan davrda esa jahondagi yirik davlatlardan biriga aylandi. Parfinon san`atini o`rganishda ham tanga yuzasiga ishlangan bo`rtma tasvirlar keng o`rinni egallaydi.
Parfiya san`atini tushunishda Ashxobod yaqinida arxeologik qazishmalar natijasida ochilgan Parfinonning yirik shaharlaridan biri hisoblangan Nisa (boshqacha nomi Parfnisa) alohida o`rinni egallaydi. Eski Nisa va yangi Nisa deb ataladigan bu ko`hna shahar qoldiqlari hamda u yerdan topilgan amaliy-dekorativ va tasviriy san`at buyumlari o`sha davr badiiy hayotini tushunishda bebaho daliliy material hisoblanadi.
Eski Nisa va yangi Nisa parfiya davrida qal`a va shahristondan iborat bitta shaharni tashkil etgan. Bu yerda Parfiya podshosining saroyi, g`alla, oziq-ovqat ombori hamda zodagonlarning sag`analari bo`lgan. Bu yerda ochilgan “kvadrat uy” o`z tuzilishi va bezashda ishlatilgan dekorativ detallari bilan diqqatga sazovordir.
Nisadan topilgan yodgorliklar ichida fil suyagidan shoxga o`xshatib yasalgan idishlar-ritonlar haqiqiy shov-shuvga sabab bo`ldi. O`ajm jihatidan kattagina (balandligi 40-60 sm.) bo`lgan bu ritonlarning uch tomonida afsonaviy hayvonlarning yarim beligacha haykali ishlangan. Ritonlarning tepa qismi esa bo`rtma tasvir - friz bilan halqalangan. Bu bo`rtma tasvirlarda ko`proq antik mifologiyadan olingan voqealar, qurbonlik olib kelish, raqqosalar yoki antik xudolarning bo`rtma tasvirlari ishlangan.
Yangi asrning boshlariga kelib, O`rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida jiddiy jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda san`at va madaniyat borasida muhim yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy markazlardan biri Xorazm edi. Qo`yqirilgan qal`a, Guyar qal`a, Tuproq qal`a xarobalari, u yerdan topilgan tasviriy va amaliy san`at namunalari shu davrlarda (ilk feodalizm, ya`ni V asrga qadar) Xorazmda ijtimoiy hayotning birmuncha intensiv bo`lganligini ko`rsatadi.
Qo`yqirilgan qal`a (To`rtko`lning shimoliy sharqiy qismidan 22 km. uzoqlikda) er.av. IV-III asrda barpo etilgan bo`lib, u dastlab dumaloq shaklda bo`lib, uning markazida diametri 44,4 m. ikki qavatli bino, undan 14,5 m. uzoqlikda esa mudofaa devorlari bo`lgan. Bu devor keyinchalik mudofaa galereyasiga aylantirilib, tepa qismi ravoqli tom bilan yopilgan.
Taxminan, I asrning boshlariga kelib, Grek-Baqtriya podsholigining parchalanishi natijasida vujudga kelgan mayda davlatlar birlashtirilib, Kushon davlati tashkil etildi. Bu davlatga O`rta Osiyo hukmdori Kutzula Katfiz boshchilik qildi. Uning o`g`li Katfiz II esa bu davlat maydonini Hindiston chegaralariga qadar yetkazdi. Kanishka podsholik qilgan yillarda esa Kushon davlati o`zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Kushonlar davrida O`rta Osiyoda buddizm dini keng tarqaldi. Kushon hukmdorlari o`z saltanatlarini mustahkamlash uchun bu dindan foydalandilar. Uni omma orasiga singdirishga harakat qildilar. O`ukmdorlarning bu intilishi shu davr san`at va madaniyatida ham o`z ifodasini topdi. Buddizm bilan bog`liq bo`lgan ibodatxonalar vujudga keldi, haykallar yaratildi, devoriy suratlar ishlandi.
Kushonlar davrida ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan o`zgarishlar bizgacha yetib kelgan tangalarda namoyon bo`ladi. Bu tanga yuzalariga podsholar portreti zarblangan, orqa tomoniga xudolar tasviri tushurilgan. Yozuvlar esa Kushon Baqtriya tilida, yozish uchun kushon harflari (grek alf. asosida yaratilgan) ishlatilgan. Kushon davri san`atini bilishda Xolchayonda (Surxondaryo tum.) saqlanib qolgan bino qoldiqlari hamda tasviriy san`at va va amaliy san`at namunalari muhim o`rinni egallaydi.
Xochayondagi binoni bezashda haykallar keng qo`llanilgan. Bu haykallar xonalar devorining yuqori qismiga barelyef va galeryef uslubida bajarilgan. Unda podsho va uning yaqinlari, shuningdek otliqlar tasviri ishlangan. Bu haykallarda Grek-Baqtriya san`atiga xos xususiyat - har bir tasvirlanuvchining o`ziga xos individual xislatlarini ko`rsatishga, kiyimlari, qurollari aniq tasvirlashga intilish seziladi. No`malum haykaltarosh tasvirlanuvchining soch tarashi, kiyim boshi, xarakterining ham aniq bo`lishiga, psixologik holatini ifodashga intiladi.
Ayritomda (Termez yaqinida) topilgan toshdan ishlangan relyeflar va so`nggi Kushon davlati me`morligining xarobalari bu yerda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko`rsatadi. Ayritomdan topilgan toshdan ishlangan relyeflar ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz tarzida ishlangan bo`lgan. Bu karnizlarda akanf barglari orasida yarim beligacha tasvirlangan qo`shnay, nog`ora (baraban), lyutna (g`ijjakka o`xshash musiqa asbobi) va arfa chalayotgan sozandalar tasvirlangan.
O`rta Osiyoda buddizmning tarqalishi bevosita haykaltaroshlikda ham ifodalangan. Budda va boshqa diniy personajlarning haykallari ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan o`z o`rnini egalladi. Bu haykallarning ishlanish prinsiplari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan.
Dalvarzintepa va Qoratepadagi (Surxondaryo tum.) buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida ko`rilgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real xarakterga egadir. O`aykaltarosh mahalliy tiplarning o`ziga xos tomonlarini ko`rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko`rinishi soch tarash va kiyinishlarida seziladi.
Qoratepada olib borilgan arxeologik ishlar buddizm bilan bog`liq me`morlik kompleksining ochilishini ta`minladi. Bu yerda arxeologik ishlar davom etmoqda. Ochilgan g`or ibodatxonalarning bezatilishi, u yerda mavjud bo`lgan haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Jumladan, noma`lum rassom tomonidan ishlangan devoriy suratlarda fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmini tasvirlashga intilish seziladi.
Ayniqsa, metall buyumlar yasash va ularning yuzasini bo`rtma tasvirlar bilan bezash san`atida O`rta Osiyolik ustalar katta yutuqlarni qo`lga kiritdilar.
Miloddan . avv VI asrda Eronda qudratli va markazlashgan quldorlik davlat vujudga keldi va bu davlat ahamoniylar imperiyasi nomi bilan mashhur bo`ldi. Bu sulolaning hukmronligi ikki asrdan ortiq davom etdi.
Ahamoniylar hukmronligi davri tarixi haqida qimmatli ma`lumotlar yunon tarixchi va geograflaridan, Geradotning “Tarix” nomli, Strabonning “Geografiya”, Diodorning “KUTUBXONA”, Polienning “Harbiy hiylalar”, Arrianning “Annabasis” nomli asarlarida berilgan. Doro I ning mashhur Behistun yozuvlarida, Persopol yozuvlarida hamda Naqsh Rustamdagi uning qabrtoshiga o`yib yozilgan yozuvlarida ham juda muhim ma`lumotlar bor.
Ahamoniylar imperiyasining rivojlangan davri podsho Kir va yning vorisi Doro I hukmronligi davriga to`g`ri keladi. Bu davrda ahamoniylar imperiyasi o`z ta`siriga Egey dengizidan sharqda Sirdaryogacha va Hindiston hududlarini birlashtirib oldi. Yunon tarixchisi Geradot bu imperiya 23 ta mustaqil bo`lgan davlatni bo`ysundirganligi va ulardan soliq yig`ib turganligi haqida yozadi. Ahamoniylar imperiyasining markazi avval Persopol, Bobil va Suza shaharlari bo`lgan.
Ahamoniylar shohi Kir II hukumatni o`z qo`liga olgach, Katta qo`shin to`plab, dastlab Midiya, so`ngra Armaniston, Lidiya va Bobil davlatlarini bosib oldi. Shundan so`ng O`rta Osiyoni bosib olish rejasini tuzadi. O`rta Osiyoning boy tabiiy imkoniyatlari qishloq halqaro savdo yo`llari chorvachiligi, shaharlari hamda halqaro savdo yo`llari markazida joylashganligi Eron shoxlarini o`zida jalb qilib kelayotgan edi. Bu davrda O`rta Osiyoda ko`pgina urug` va qabilalar yashayotgan edi. Sak va massagetlar tarkibiga kirgan xorazmliklar, derbeklar, atonlar o`zlarining jangovorligi bilan alohida ajralib turardi. Bu davrda “Katta Xorazm” davlati mavjud bo`lib, u o`zining ta`sir doirasi uchun bir necha o`n yillar davomida Midiya davlati bilan kurash olib brogan. Miloddan avvalgi 530-529 yillarda Eron shohi Kir II O`rta Osiyoga qarshi o`zining dastlabki istilochilik yurishini boshlaydi. Ahamoniylar qo`shini son jihatdan ko`p bo`lib, yaxshi qurollangan va janglarda tajriba orttirgan edi. Uning qo`shini sharqda “yengilmas qo`shin” deb nom qozongan edi. Dastlabgi yurishdanoq Kir II qo`shini erksevar Orta Osiyo xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Geradot o`zining “Tarix” asarida Kir II qo`shini bilan massagetlarning dastlabki to`qnashuvi Qizilqum ichkarisida bo`lgan. Massagetlarga tezda shu ittifoqqa kirgan saklar va derbeklar ham qo`shilgan. Yunon tarixchi Fotiyning yozishicha, saklar podshosi Amorg 20 ming kishilik otliq bilan yordamga kelgan. Dushmanga qarshi jang shiddatli va qonli bo`ladi. Yerli xalq vatan ozodligi uchun kurashda fidoiylik va qahromonlik ko`rsatadi. Ahamoniylar qo`shini hech bir joyda bunchalik qattiq qarshilikka uchramagan edi. Bu jang massagetlarni jangohlari, harbiy san`ati eroniylarnikidan qolishmasligini namoyish qildi.
Massagetlarning birlashgan qo`shiniga jasoratli, oqila va tadbirli ayol Tomaris boshchilik qiladi. To`maris Kir II ga bekorga qon to`kilmasligini, begunoh kishilarni qurbon bo`lmasligini istab, urushni to`xtatishni taklif qiladi. Asir tushgan o`g`lini ozod etishni talab etadi. Kir II bu adolatli taklifni inobatga olmadi, jangni davom ettirdi. Shundan so`ng jang yanada keskin tus oldi. Shiddatli jangda, manbalarda yozilishicha, ikki tomon ham 40 mingdan ortiq jangchisidan ajraldi. Jangda derbeklar podshosi Omurey ham ikki o`g`li bilan qahramonlarcha halok bo`ldi. Biroq Kir II ga ham g`alaba qilish nasib qilmadi. To`maris Kirning kesilgan boshini qon bilan to`ldirilgan meshga tiqib “Sen hamisha qonga chanqoq bo`lgansan, manna to`yib ich” deb tashlab yuborgan. Istilochilarning taqdiri ana shunday fojeali tugagan. Shunday qilib, Kir va o`g`li Kambiz ham saklar va Xorazmni batamom taslim qilolmadilar.
Kambiz vafotidan so`ng Eron taxtida Doro I (Miloddan . avv 521 – 485 y) hukmronlik qiladi. Doro I o`z davrining tanilgan davlat arbobi va harbiy sarkardasi edi. Uning xukmronlik davri ahamoniylar imperiyasining markazlashgan, qudratli, xarbiy davlatga aylangan davri bo`lgan. U mahalliy hukmdorlarning mustaqil davlatlarini barham toptiradi. Davlat hokimiyatini mustahkamlashga bir qator ma`muriy va iqtisodiy islohotlar o`tkazdi. Tashqi siyosatda Kir va Kambiz boshlagan istilochilik yurishlarini davom ettiradi. Ko`pgina qo`shin davlatlarni bosib olib, imperiya chegarasini yanada kengaytirdi. Behistun yozuvlarida hamda Doroning Naqsh Rustamdagi qabrtoshi yozuvlarida o`sha davrda ahamoniylar imperiyasiga quyidagi davlatlarning itoat qildirganligi haqida ma`lumotlar bor: Persiya/Eron, Suzmana(Eronning bir viloyati), Bobil, Ossuriya, arablar, Misr, Sparta (Lidiya), Choyiya, (Kichik Osiyoda, Midiya Kappodokiya (Kichik Osiyoda), Parfiya, Drangiana, Ariana, Xorazmiya, Baqtriya, So`g`diyona, saklar (O`rta Osiyadagi viloyatlar), Gandara. Hindiston shimolidagi qabila) va boshqalar.
Doro I ning ham O`rta Osiyodagi istilochilik yurushlari oson kechmadi. Doro I qo`shinlar O`rta Osiyoning janubiy va markaziy viloyatlarini, Aмu va Sirdaryo oralig`idagi ayrim joylarni Parfiya, Baqtriya, So`g`diyonani va xorazmning bir qismini bo`ysundurishga muvaffaq bo`ldi. Ammo saklar va Xorazm davlati bu safar ham o`z mustaqilligini saqlab qoladi. Ular o`z hukmdorlari tomonidan boshqarilgan eron Ahomoniylarining istilochisi yurushlari natija bermadi. Bu jangda Doro qo`shinlari katta mag`lubiyatga uchradi.
Eron ahomiylari imperiyasi mustahkam imperiya emas edi. Ahomoniylarga qarashli ko`pgina hududlarda xalq qo`zg`olonlari bo`ladi. Doroga qarshi ana shunday qo`zg`olonlar Midiyada, Misrda, Kichik Osiyoda bo`ladi. Ozodlik kurashlari natijasida qudratli Xorazm, shuningdek, saklar ham ahamoniylar imperiyasi tarkibidadan ajralib chiqadi va mustaqil davlat bo`ladilar. Xorazmning Qal`aliklar qal`asida Eron hukmdorlari uchun qurilayatgan saroy ham tugullanmasdan qoladi, uning xarobalari shu kungacha saqlanmoqda.
Xorazmning mustaqil davlat bo`lib, ajralib chiqishi ahamoniylar sulolasi inqirozini yanada tezlashtirib yubordi. Xorazmning mustaqil bo`lib ajralib chiqishi Eron ahamoniylarining Makedoniyaliklar bilan munosabatda Xorazm mustaqil suveren davlat sifatida aloqa o`rnatdi. Arrianning “Annabasis” asarida yozilishicha, Miloddan avvalgi 329 yilda Xorazm podshosi Farasman O`zining 1500 dan ortiq qo`shini bilan Iskandarning maraqanddagi qarorgohiga kirib keladi. Farasman Iskandar bilan mustaqil davlat hukmdori sifatida muzokara yuritdi. U o`z davlatining chegarasini G`arbiy Gruziya va Qora dengiz bo`ylarigacha tutash ekanligini bildiradi. Iskandar Qora dengiz hududlariga yurish qilmoqchi bo`lsa, unga qo`shini bilan yordan berishini aytadi. Farasman bilan harbiy ittifoq tuzadi. Lekin Iskandarning qora dengizga yurishi Hindiston safaridan keyingi qoldirildi. S.P. Tolstoy ham Arrianning yuqoridagi fikri tarixiy haqiqiy ekanligini tasdiqladi. Xorazm davlati ahamoniylar istilosi bialn janubdagi mulklaridan ajralgach, o`zinign tashqi siyosatini o`zgartirgan. Makedoniyalik Iskandar yurishi arafasida Xorazm davlati o`z chegaralariga shimoli – g`arbga keygaytirib, Volga bo`yi, Shimoliy – Kavkaz va Qora dengiz bo`ylarini o`ziga bo`ysundirgan.
Eron Ahoniylari O`rta Osiyo xalqlarining tarixiy taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Bu davrda turli ijtimoiy taraqqiyotida bosqichida yashayotgan etnik guruhlani o`zaro yaqinlashtirdi, ularning xalq bo`lib birlashishi tezlashtirildi. Ahamoniylar imperiyasi ana shu xalqlarda sinfiy taqabalanish, qulchilik munosabatlari taraqqiyotini ham ancha tezlashtirib yubordi. Ahamoniylar o`zlari egallagan hududini va qonun – qoidalarini saqlab qoldilar. Lekin shu bilan bir vaqtda ular o`zlarini yagona boshqaruv tizimini, yagona dini va yagona pul muomalasini ham joriy qildilar. Butun mamlakat markazlashgan yagona boshqaruv tizimi orqali idora qilindi. Muayyan og`irlikda oltin tangalar zarb qilinib, yagona pul birligiga o`tildi. Bu davrda yo`l qurulishiga katta e`tibor berildi. Egey dengizidan Sirdaryogacha, erondan Xorazmgacha karvon yo`llari ochildi. Bu yo`llarning har 20 km.da rabotlar quruldi. Bu karvon yo`llari tashqi savdo aloqalarida muhim rol o`ynaydi.
Ahomoniylar xukmronligi davrida qadimiy fors tili bilan birga oromiy yozuvi keng tarqalgan. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, Xorazmda, So`g`diyona va Baqtriyada dariy tili ta`siri kuchli bo`lgan. Ana shu hududda yashagan ko`pchilik xalqlar o`sha davrda sharqiy Eron tili lahchasida so`zlashib kelgan. Xorazmiy va turkey tilda so`zlashuvchi xalqlarning o`zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari tufayli ular ilgari ham bir birlariga kuchli ta`sir ko`rsatganlar. Eron ahamoniylari madaniy taraqqiyotiga O`rta Osiyo xalqlari madaniyati ham kuchli ta`sir ko`rsatdi. Zardushtilik dini ahamoniylsr davlatining davlat dini deb ham e`lon qilinadi. Bu din ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan barcha xalqlarning ma`naviy yuksalishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Zardo`shtiylik dinidan eron ahamoniylari o`z xokimiyatlarini muskahkamlashda foydalanganlar.O`rta Osiyolik binokorlar, me`morlar, naqqoshlar, yog`och va tosh ustalari eron shoxlarining shahar, qal`a, saroy, qasr qurishlarida bevosita ishtirok etganlar. Persopol` So`za shaharlaridagi muxtashm binolar va saraylarda O`rta Osiyo binokorlarining san`ati o`z aksini topgan. Xorazm, Parfiya va So`g`diyonada ana shu qurilishlar uchun zarur qurulish xom ashyosi – marmar, rangli metal va qimmatbaho toshlar muntazam yuborilgan.Yunon mualliflari O`rta Osiyodagi qabilalarning harbiy san`atiga yuqori baho berganlar. O`rta Osiyodagi jangchilarning saf tortib jang qilishi Eron qo`shinlari taktikasi juda keng qo`llangan. Ahamoniylar hukmronligi davrida O`rta Osiyoda shahar xayoti, savdo va hunarmandchilik ham ancha taraqqiy topdi. Ko`plab yangi shaharlar, qal`alar va is`tehkomlar qurilgan. Shahar nafaqat ma`muriy markaz, balki shu bilan birga savdo va hunarmandchilik markazi vazifasini bajargan. Shahar va qal`a atroflari baland devorlar bilan o`ralib ular yerli aholini tahqi hujumlardan himoya qilgan. Qal`a ichkarisidagi maydonlardan bozor va chorva mollari uchun foydalanilgan.
XULOSA
Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p. Shimolda Elburs tog’ tizimi va unga Turkman, Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan Zagros va janubiy Eron tog`lari o’rab turadi. Janubiy g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.
Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida so’zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so’zi «ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. Er.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga tarqalgan.
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv. III-I ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi bo’lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag`ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir.
Qadimgi fors davlati tarixi bo’yicha manbalar xilma-xil: bu xo’jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972 yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks yozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.avv. III ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan.
Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to’g`risida er.avv. IX-VII asrlarga oid Osuriya yezuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy taxtachalarda yezilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy xo’jalik hujjatlari mavjud.
Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo’jalik hujjatlari, podsho Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to’g`risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikasiya qilish to’g`risidagi farmoni katta qiziqish uyg`otadi.
Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi.



Download 334.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling