Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir


Download 54.26 Kb.
bet9/19
Sana20.10.2023
Hajmi54.26 Kb.
#1712720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Beshinchidan, soliq ma’murchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan jiddiy choralarni amalga oshirishimiz zarur.
Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab soliq idoralari o‘z elektron dasturlari orqali biznes sub’ektlariga hisobotlarini shakllantirish xizmatini yo‘lga qo‘yadi.
Hozirgi vaqtda 228 mingta kichik tadbirkorlarda buxgalter yo‘q. Oqibatda soliq hisobotlarini kamchiliklar bilan topshirgan 32 mingga yaqin tadbirkorga moliyaviy jarima solingan.
Hisobotlarni kechiktirib topshirish bilan bog‘liq moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi esa to‘liq bekor qilinadi.
Shuningdek, soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani meni xavotirga solmoqda. O‘tgan yili kameral nazorati natijasida 336 ta korxonaga 51 milliard so‘m moliyaviy jarima qo‘llangan bo‘lsa, joriy yilning 6 oyida 3 mingdan ziyod tadbirkorlarga 900 milliard so‘mdan ortiq jarima belgilangan.
Shuning uchun Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, moliya vaziri T.Ishmetov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Qudbiyev, adliya vaziri R.Davletov, Biznes-ombudsman D.Qosimov bir oy muddatda soliq idoralarining kameral nazorati natijasiga ko‘ra moliyaviy jarima qo‘llash amaliyotini bekor qilish bo‘yicha taklif kiritsin.
Oltinchidan, amaldagi tartibga binoan, tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobot topshirish bilan birga, undagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorning faoliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, ular uchun qo‘shimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani.
Moliya vaziri T.Ishmetov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Qudbiyev bu masalani chuqur o‘rganib, kelgusi yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shimcha hujjatsiz qaytarish tartibini amaliyotga joriy etsin.
Yettinchidan, “SAG Agro” korxonasi rahbari Kamol Abdullayev va boshqa 200 dan ortiq tadbirkorlar soliq va bojxona idoralariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini “zachyot”ga olish, ya’ni o‘zaro hisob-kitob qilish imkoniyatini so‘ragan.
“SAG Agro” korxonasining soliq bazasida 700 million so‘m ortiqcha to‘lovi bo‘laturib, bojxonada 1,4 milliard so‘m to‘lashga majbur bo‘lgan. Shuning uchun kelgusi yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olishda soliq va bojxona idoralarining elektron bazalari o‘zaro bog‘lanadi. Ya’ni, soliq idoralarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lovlar bojxona to‘lovlarini amalga oshirayotganda ham inobatga olinadi. Ushbu yengillikdan 10 mingdan ziyod tadbirkor foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Download 54.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling