Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir
Download 54.26 Kb.
|
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- Beshinchidan
- Oltinchidan
- Yilning ilg‘or tadbirkorlari”
Birinchidan, biz hozirgi keskin raqobat davrida, kichik biznesga har tomonlama sharoit yaratish bilan birga o‘rta va yirik biznesni yanada rivojlantirish tarafdorimiz.
Shu maqsadda tadbirkorlarimizga biznesni boshqarishdagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishi, faoliyatiga innovatsiya va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga tayyormiz. Ikkinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahsulot turini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan yanada samarali foydalanishimiz zarur. Ayniqsa, mis va gaz-kimyo sanoatlari kabi, qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat, meva-sabzavot, baliqchilik, chorvachilik tarmoqlarida klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyat va resurslarimizni ishga solishimiz kerak. Uchinchidan, ishlab chiqarishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faollikni kuchaytirish, buning uchun import o‘rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish orqali, eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirishimiz lozim. To‘rtinchidan, zamonaviy xizmat turlarini ko‘paytirish, “IT”, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda davlat xizmatlarini autsorsing asosida tashkil etishda ham xususiy sektor faol ishtirokchi va yetakchi bo‘lishi shart. Beshinchidan, biznes vakillari ham o‘z kadrlari zamonaviy bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlari zarur. Oliygohlarda o‘qitilayotgan tadbirkorlik va biznesni boshqarish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv dasturlari va metodologiyasini, amaliyot bilan uyg‘un bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar asosida chuqur qayta ko‘rish talab etiladi. El-yurtga tanilgan, tajribali tadbirkorlarimiz maktab, kasb markazlari, oliygohlarda motivatsiya va mahorat darslari o‘tkazib borsalar, o‘zlarining maktablarini, o‘quv markazlari va bazalarini tashkil etsalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, aka-uka Hasan, Husan Mamasaidovlar bu borada ijobiy tajribaga ega. Buning uchun davlat tomonidan albatta subsidiya va boshqa yengilliklar beriladi. Shunda san’atkorlar, olimlar, sportchi va shifokorlar o‘rtasida bo‘lgani kabi tadbirkorlarimiz orasida ham yangi sulolalar shakllanadi. Men yangi O‘zbekistonda ana shunday ko‘plab tadbirkorlar sulolalari paydo bo‘lishiga albatta ishonaman va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Oltinchidan, halol tadbirkor, intizomli soliq to‘lovchilar safini kengaytirish dolzarb vazifa bo‘lib, bu – yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashning eng maqbul yo‘lidir. Joriy yildan boshlab, ish o‘rni yaratishda, innovatsiyalarni tatbiq etishda, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashda, eksport qilishda, yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchamizga namuna bo‘ladigan biznes vakillari haqida har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi. Bunday tadbirkorlarimizni munosib taqdirlash va rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotlarini ham ta’sis etamiz. Bundan buyon tadbirkorlarning o‘z orden va medallari ham bo‘ladi. Aziz vatandoshlar, biznes hamjamiyati vakillari! O‘ylaymanki, bugungi ochiq muloqotimiz barchamiz uchun juda foydali bo‘ldi. Qanchadan-qancha masala va muammolarni samarali hal etish bo‘yicha sizlar bilan amaliy yechimlarni topdik. Eng muhimi, o‘rtamizdagi o‘zaro ishonch va hurmat yanada mustahkamlandi. Sizlar ko‘targan dolzarb masalalar, ularni hal qilish bo‘yicha berilgan aniq takliflardan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlarimizning bilim va saviyasi keskin o‘sgan, dunyoqarashi o‘zgargan, ish uslubi va innovatsion yondashuvlari bugun mutlaqo boshqacha. Men bundan juda ham mamnun bo‘ldim. bugungi tajribamizdan kelib chiqib, ushbu uchrashuvlarni har yili tashkil etsak, buni yaxshi bir an’anaga aylantirsak, sizlarga ma’qulmi? Download 54.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling