Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir


Download 54.26 Kb.
bet16/19
Sana20.10.2023
Hajmi54.26 Kb.
#1712720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Ikkinchidan, o‘tgan bir yilda tadbirkorlardan talab qilinadigan 400 dan ortiq litsenziya yoki ruxsatnomalardan 114 tasini bekor qildik. Shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma talab etiladigan 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Hozir 30 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar “onlayn” tarzda berilmoqda.
Kelgusi yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsat etuvchi hujjatlar “onlayn” tarzda rasmiylashtiriladi. Joriy yil yakuniga qadar litsenziya yoki ruxsatnomalar soni yana kamida 30 foizga qisqartiriladi.
Uchinchidan, Sirdaryo viloyatidagi “Wang Da Group” qo‘shma korxonasi rahbari Go‘zal Tojimirzayeva va metallurgiya sohasidagi 30 dan ziyod boshqa tadbirkorlarimiz induksion pechlardan foydalanishga ruxsat berilishini so‘raganlar. Ushbu murojaatlarni inobatga olib, shu yil 1 noyabrdan barcha texnik talablarga to‘la javob beradigan, zamonaviy induksion pechlardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi. Bunda mahsulot sifatini ta’minlash, ishlab chiqarishning yagona standart va xavfsizlik talablariga to‘la javob berishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.
To‘rtinchidan, tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan har qanday tekshirish, monitoring va nazorat tadbirlarida adolat mezonlari va qonun ustuvorligi ta’minlanishi shart. Buning uchun Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorning roziligi bilan barcha tekshirishlarda ishtirok etish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish vakolati beriladi.
Beshinchidan, bugungi kunda mahalliy hokimliklar bino va inshootlarning buzilishi bo‘yicha 349 nafar tadbirkordan 123 milliard so‘m qarzdor.
Barcha viloyat hokimlarini ogohlantiraman: shu yil 1-sentabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Sizlar bildirgan muammo va takliflar bo‘yicha yuqorida qayd etilgan tashabbus va yechimlar yuzasidan qisqa muddatda tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Bugun men sizlarning ana shu masalalarga oid yana qanday fikr-mulohazalaringiz, qo‘shimcha taklif va savollaringiz bo‘lsa, eshitish va muhokama qilishga tayyorman.
Qadrli tadbirkor va ishbilarmonlar!
Biz yaqin yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish bo‘yicha oldimizga katta vazifalarni qo‘ymoqdamiz. Ularni hal etishda ko‘p millatli xalqimiz qatori, hech shubhasiz, mard va olijanob tadbirkorlarimizga tayanamiz.
Albatta, Yangi O‘zbekistonni qurishdek buyuk tarixiy jarayonda siz, hurmatli tadbirkorlar zimmasida ham mas’uliyat va islohotlarimizga nisbatan daxldorlik tobora ortib bormoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Shu borada quyidagi masalalarni alohida ta’kidlab aytmoqchiman.

Download 54.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling