Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir


Download 54.26 Kb.
bet13/19
Sana20.10.2023
Hajmi54.26 Kb.
#1712720
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

To‘rtinchidan, elektr tarmoqlariga ulanishdagi jarayonlarning murakkabligi, muddatlarning uzoqligi va xarajatlarning yuqoriligi tadbirkorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Masalan, iste’molchilarning 75 foizi 20 kilovattgacha quvvatli elektr ishlatadigan kichik sexlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hisoblanadi. Lekin ularga ham xuddi yirik korxonalar bilan bir xil talablar qo‘yilgan.
Misol uchun, oddiy savdo do‘konini elektr tarmog‘iga ulash uchun 4 ta bosqichdan o‘tish, 7 million so‘m xarajat va bunga kamida bir oy vaqt talab etiladi.
Energetika vazirligi tomonidan kelgusi yil boshidan ushbu masalada yangi qulay tizim joriy etiladi. Bunda elektr tarmog‘iga ulanish to‘liq elektron platformaga o‘tkaziladi va barcha jarayonlar bir bosqichga tushiriladi.
Tadbirkorlarni elektr tarmog‘iga ulash muddati 20 kilovattgacha bo‘lgan quvvatlar uchun – 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi.
Agar elektr ta’minoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, ular tadbirkorlarga kompensatsiya to‘laydi. Bu ishlar Davlat xizmatlari markazlari orqali tashkil etilib, muntazam nazorat qilib boriladi.
Umuman, tadbirkorlarni kerakli hajmda energiya resurslari bilan ta’minlash mas’uliyati va javobgarligi Energetika vazirligi zimmasiga yuklanishini qonun bilan mustahkamlab qo‘yamiz.
Beshinchi yo‘nalish. Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni eksport faoliyatiga keng jalb etish borasida ham boshlagan islohotlarimiz qat’iy davom ettiriladi.
Birinchidan, o‘tgan yili pandemiya davrida to‘qimachilik korxonalariga eksportdan valyuta tushumini kutmasdan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tartibi amalda o‘z samarasini berdi.
O‘tgan yili 482 ta korxonaga qariyb 2 trillion so‘m qaytarilgan. Bu yangilik ham yangi tariximizda birinchi marta bo‘lyapti. Joriy yil 1 oktyabrdan ushbu tartib barcha tarmoqlarning halol ishlaydigan va intizomli boshqa eksportyorlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ikkinchidan, ko‘plab eksport qiluvchi korxonalarning asosiy muammolaridan biri, bu – aylanma mablag‘ yetishmasligidir.
Ushbu masalani 300 dan ziyod tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarida ham ko‘rish mumkin. Shuning uchun o‘tgan yili Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilib, eksport uchun 1 million dollargacha moliyalashtirish mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi. Bu tizimdan 200 ta korxona unumli foydalanib, qo‘shimcha 210 million dollarlik mahsulotlarini chetga eksport qildi. Endi bu imkoniyatlar yanada kengaytirilib, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Download 54.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling