Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir


Download 54.26 Kb.
bet14/19
Sana20.10.2023
Hajmi54.26 Kb.
#1712720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Uchinchidan, ko‘plab tadbirkorlar yuqori sifat va nazorat tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlardan (Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi) sertifikatlangan asbob-uskuna va xomashyolarni olib kelganida, milliy sertifikat olish talabi mavjudligini e’tiroz sifatida qayd etishgan. Masalan, asbob-uskunalar va xomashyoga sertifikat olishda 2-3 million so‘m xarajat, 5-10 kun muddat talab etiladi.
Shu bois Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi komissiya bir oy muddatda bunday davlatlar ro‘yxatini shakllantirib, ularda sertifikat berilgan asbob-uskuna va xomashyolarga milliy sertifikat olish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini kiritsin.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish hamda tannarxni kamaytirish maqsadida bojxona bojlari 2 barobar pasaytirilganidan barchangiz xabardorsiz.
Shu bilan birga “Milk Euro Food” (Toshkent viloyati), “SDK Group And” (Andijon), “Wooll Teks Inter” (Toshkent shahri) kabi korxonalar tomonidan hozirgi kunda olib kelinayotgan xomashyo importi uchun boj stavkalari tayyor mahsulotga qaraganda yuqori ekani qayd etilgan. Ya’ni, ba’zi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ko‘ra, chetdan olib kelish tadbirkorga arzonroq bo‘lmoqda.
Shuning uchun Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi bir oy muddatda xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import boji stavkalarini pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritsin.
Oltinchi yo‘nalish. Mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi, yangi bozorlarga chiqishi, umuman, hududlararo savdo va kooperatsiya aloqalarini bog‘lashda transport-logistika masalalari muhimligini sizlar hammadan yaxshi tushunasizlar.
Bu borada transport koridorlarini rivojlantirish, yuklarni bojxona orqali o‘tkazishni soddalashtirish va raqamlashtirish, transport xarajatlarini qisman qoplash tizimini yo‘lga qo‘ydik. Bu tizim orqali, yil boshidan buyon 3 mingdan ziyod eksportyorlarga 200 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatilgani tufayli qariyb 800 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Yil yakuniga qadar ushbu korxonalar tomonidan eksport hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettiramiz.
Buning uchun, birinchidan, yuk avtomobillarini olib kirishga 2 yil avval bojxona imtiyozlari berganimiz hisobidan avtotransportda tashish xizmatlari 2 barobar arzonlashdi, yuk hajmi esa, 1,5 marta oshdi. Lekin bu imtiyoz 4 oydan keyin tugaydi. Shu bois 40 dan ziyod tadbirkorlar ushbu bojxona imtiyozlarini uzaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan. Ayni shuni inobatga olib, imtiyozlarni yana 3 yilga uzaytirish bo‘yicha kuni kecha yangi qarorni imzoladim.

Download 54.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling