Тадбиркорликни ривожланишида маркетингни ўрни Marketingni asosi nimada?


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#145640
Bog'liq
BI-420 Mamirov Jasurbek Iqtisdiyot


                                      Тадбиркорликни ривожланишида маркетингни ўрни 

Marketingni asosi nimada?

 Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning 

eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-

fan hisoblanadi. 

Marketing

 (inglizcha: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — 

korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda 

boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida 

Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat 

faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika 

Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning 

yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar 

hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi 

mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 

1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi 

ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator 

yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki 

boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, 

haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan 

shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda 

Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy 

uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing 

federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa 

jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing 

tashkilotlari tuzildi. 



 

Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va 

istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish 

marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash 

bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot 

assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan 

tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish 

marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.Marketingni bir qancha 

tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari 

martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi. 

Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar 

almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi. 

Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki 

xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi. 

Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat 

uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni 



saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini 

qondirishdan iborat. 

Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini 

aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra 

yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu 

kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning 

natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning 

umumiy foydasini oshirishdir. 

Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, 

ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha 

amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy 

adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan 

marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan 

bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan 

iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, 

narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va 

sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida 

qondiriladi».

 

Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday 



degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish 

tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: 

«Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va 

xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali 

qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir 

vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan 

shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali 

iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - 

bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish 

jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy 

kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj 

(xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va 

xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing 

tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini 

biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning 

madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid 

quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj. 

Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining 

asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur: 

• talabni o'rganish; 

• bozor tarkibini aniqlash; 

• tovarni o'rganish; 

• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish


• sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 

Marketing quyidagilarni o'rgatadi: 

• bozorni o'rganishni; 

• uni taqsimlashni; 

• tovarini joylashtirishni; 

• marketing siyosatini olib borishni; 

• tovar siyosatini

• narx siyosatini; 

• taqsimot siyosatini; 

• siljitish (yo'naltirish) siyosatini; 

• yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan 

keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, 

shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin). 

 


Mareting tadbirkorlarning quroli desak ham bo’ladi. Qancha ko’p 

marketingga pul sarflansa shuncha ko’p daromad olish mumkin. Qisqa 

qilib aytsak marketing tadbirkorlar orasidagi raqobatda yutishga yordam 

beradi. Misol uchun siz va men bir xil ruchka ishlab chiqaruvchi 2 

zavodning egasimiz. Bu yerda raqobat vujudga keladi. Men hoki siz 

raqobatda yutishimiz uchun 3 xil yo’l bor. 1. Ruchkani sifatini ko’tarish; 

2.Ruchkani sifatini saqlagan holda narxini tushirish; 3. Mahsulotni 

yaxshiroq va ko’proq reklama qilish. Haridor bozorga borganida 2 xil 

ruchkani ko’radi va u reklamada ko’rgan ruchkasini oladi bu fakt. Hozirgi 

kunda marketologlar inson miyyasiga ta’sir qiluvchi reklamalar ishlab 

chiqishmoqda . Ularni neyromarketolog desak ham bo’ladi. Ba’zida uyga 

kelasizu toʻsatdan kayfiyat koʻtarilishi, gʻamginlik, qoʻrqinch, boshqalardan 

ajralib turish, horgʻinlik, muloqotga chanqoqlik singari oʻtkinchi hislar 

domiga tushib, mutlaqo keraksiz хarid qilganingizni anglaysiz. Bu bejiz 

emas. Chunki marketologlar хaridorlar hissiyotiga ta’sir koʻrsatish 

usullarini yaхshi oʻrganib olishgan. Ular ogʻriqli nuqtalarni aniqlab, qay 

birini bossa, ogʻriq kuchliroq boʻlishini oʻrganishadi – maqsad esa bitta – 

yanada koʻproq хarid qilishga undash. Aynan shu bois odamlar oʻzlariga 

aslida kerak boʻlmagan narsalarni sotib olishadi: masalan, ayollar “moda” 

deb oʻzlariga yarashmagan liboslarni, kuchli jins vakillari esa yeb-ichmasa

kiymasa ham yangi rusumdagi telefonni olish uchun jonlarini jabborga 

berishga tayyor.Marketologlar hattoki inson miyasida roʻy berayotgan 

tabiiy jarayonlarni aniqlash va ulardan marketing maqsadida foydalanishni 

oʻrganib olishdi. Aynan shu neyromarketing deb ataladi. 

Neyromarketing haqidagi ma’lumotlarni ushbu havoladan olishingiz 

mumkin.


 

 

 



 

 

 



 

 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling