Тадбиркорликни ривожланишида маркетингни ўрни Marketingni asosi nimada?
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
BI-420 Mamirov Jasurbek Iqtisdiyot
Тадбиркорликни ривожланишида маркетингни ўрни Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes- fan hisoblanadi. Marketing (inglizcha: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi. Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi. Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi. Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir. Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj. Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur: • talabni o'rganish; • bozor tarkibini aniqlash; • tovarni o'rganish; • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing quyidagilarni o'rgatadi: • bozorni o'rganishni; • uni taqsimlashni; • tovarini joylashtirishni; • marketing siyosatini olib borishni; • tovar siyosatini; • narx siyosatini; • taqsimot siyosatini; • siljitish (yo'naltirish) siyosatini; • yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Mareting tadbirkorlarning quroli desak ham bo’ladi. Qancha ko’p marketingga pul sarflansa shuncha ko’p daromad olish mumkin. Qisqa qilib aytsak marketing tadbirkorlar orasidagi raqobatda yutishga yordam beradi. Misol uchun siz va men bir xil ruchka ishlab chiqaruvchi 2 zavodning egasimiz. Bu yerda raqobat vujudga keladi. Men hoki siz raqobatda yutishimiz uchun 3 xil yo’l bor. 1. Ruchkani sifatini ko’tarish; 2.Ruchkani sifatini saqlagan holda narxini tushirish; 3. Mahsulotni yaxshiroq va ko’proq reklama qilish. Haridor bozorga borganida 2 xil ruchkani ko’radi va u reklamada ko’rgan ruchkasini oladi bu fakt. Hozirgi kunda marketologlar inson miyyasiga ta’sir qiluvchi reklamalar ishlab chiqishmoqda . Ularni neyromarketolog desak ham bo’ladi. Ba’zida uyga kelasizu toʻsatdan kayfiyat koʻtarilishi, gʻamginlik, qoʻrqinch, boshqalardan ajralib turish, horgʻinlik, muloqotga chanqoqlik singari oʻtkinchi hislar domiga tushib, mutlaqo keraksiz хarid qilganingizni anglaysiz. Bu bejiz emas. Chunki marketologlar хaridorlar hissiyotiga ta’sir koʻrsatish usullarini yaхshi oʻrganib olishgan. Ular ogʻriqli nuqtalarni aniqlab, qay birini bossa, ogʻriq kuchliroq boʻlishini oʻrganishadi – maqsad esa bitta – yanada koʻproq хarid qilishga undash. Aynan shu bois odamlar oʻzlariga aslida kerak boʻlmagan narsalarni sotib olishadi: masalan, ayollar “moda” deb oʻzlariga yarashmagan liboslarni, kuchli jins vakillari esa yeb-ichmasa, kiymasa ham yangi rusumdagi telefonni olish uchun jonlarini jabborga berishga tayyor.Marketologlar hattoki inson miyasida roʻy berayotgan tabiiy jarayonlarni aniqlash va ulardan marketing maqsadida foydalanishni oʻrganib olishdi. Aynan shu neyromarketing deb ataladi. Neyromarketing haqidagi ma’lumotlarni ushbu havoladan olishingiz mumkin.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling