Tadbirlari va ularning mustamlakachilik
Download 279.8 Kb. Pdf ko'rish
|
19-mavzu
Quloqlashtirish.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda jamoalashtirish boshlarida O`zbekistonda shartli ravishda «quloq» xo’jaligiga kiritish mumkin bo’lgan xo’jaliklarning salmog’i aslida umumiy dehqon xo’jaliklarining 5 foizidan kamrog’ini tashkil etardi, xolos. Biroq ommaviy jamolashtirish boshlanishi bilan 15 foizdan ortiq xo’jaliklar «quloqlashtirish»ga duchor bo’ldi. Haqiqatda esa bular o’rtahol dehqon oilalari edi. Faqat 1930-yilning o’zida respublikada «boy» va «quloq» xo’jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o’rtacha dehqon xo’jaliklari tugatilgan edi. 1931-yil avgustiga kelib respublikada qo’shimcha yana 3828 ta «quloq xo’jaliklari» tugatildi. Respublikaning o’ziga to’q, bozorga tovar g’alla yetishtirib berishga qodir son-sanoqsiz dehqon xo’jaliklari bor narsasidan mahrum bo’lib, haqsiz-huquqsiz holda o’z oila a’zolari bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog’iston) yoki yangi o’zlashtirilayotgan cho’lli, to’qayzor, qamishzor yerlarga badarg’a qilindilar. Ayni paytda dehqon xo’jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. O`zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun etildi. 1933-yilda surgun qilingan «quloq» xo’jaliklari soni 5500 taga yetdi. Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning bo’lishini oldindan his qilib, o’z kindik qonlari to’kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo’ldilar. Ularning ko’plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzoronlik qilib, ona yurt sog’inchi bilan, unga talpinib yashab o’tdilar. Faqat O`zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning mo’’tabar tuprog’ini tavof qilish baxtiga musharraf bo’ldilar. Ma’muriy tazyiq, oshkora zo’ravonlik, iqtisodiy terror usullari va shu kabi ta’sir Choralari orqasida «Kolxoz qurilishi» rivojlantirib borildi. 1932-yil oxiriga kelib umuman O`zbekistonda jamoalashtirilgan xo’jaliklar barcha dehqon xo’jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo’jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi. Bu jarayon keyingi yillarda ham davom ettirildi. 1937-yilda dehqon xo’jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga yetgan bo’lsa,1939-yilda u 99,2 foizni tashkil etdi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayonida O`zbekiston bo’yicha 60 mingdan ortiqroq kishi «quloqlar»ga mansublikda ayblanib qatog’on qilindi. Shunday qilib, 30-yillar davomida O`zbekistonda zo’rovonlik yo’li bilan «Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish», «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosati uzil-kesil hal qilindi. «SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash» asosan O`zbekiston xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935-yilda O`zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1939-yilda 1,5 mln. tonnani, 1941-yilga kelib esa 1 mln. 656,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu Butunittifoq bo’yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog’ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respublika qishloq xo’jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o’rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933-yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo’jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 1937-yilga kelib bu raqam ko’rsatgichi 93,4 foizga yetdi. XX asrning 20-30-yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o’ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechdi. Respublikada ilm-fanning ravnaq topishi ham tabiiy holdir. Yurtning ko’plab iqtidorli, zakovatli yoshlari o’zlarini ilm-fanga bag’ishlab, asta-sekin uning cho’qqilariga ko’tarilib bordilar. 30-yillarga kelib o’zbek fanining turli yo’nalishlarida o’z yuksak salohiyatini namoyon etib, o’z ilmiy maktabiga asos solgan Qori Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yah’yo G’ulomov, Po’lat Soliyev, Toshmuhammad Sarimsoqov, Halil Rahmatullin, Habib Abdullayev, Sobir Yunusov singari fan olimlari yetishib chiqdi. Ayni zamonda respublikada ko’plab ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari tashkil etilib, fanning turli dolzarb muammolari ustida izlanishlar olib bordilar. Bular jumlasiga Butunittifoq paxtachilik ilmiy- tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy qurilish, Huquq-tadqiqot insitutlari, Gidrometrologiya instituti, Geliotexnika labaratoriyasi, Astronomiya observatoriyasi va boshqalarni misol keltirish mumkin. Mazkur institutlar va ilmiy markazlarga jalb etilgan ilmiy kuchlar, fan fidoyilari ittifoq va respublika ahamiyatiga molik qanchalab hayotiy muammolar, masalalarning yechimini topishda jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ayniqsa paxtachilik, uning tez pishar, sifatli navlarini 7 yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar sa’y-harakatlari bilan yangi konlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi. 1927-yilda Farg’ona vodiysida Sho’rsuv neft koni ochildi. Sement ishlab chiqarish uchun xomashyo qidirib topildi. Qator mis, oltin, kumush, qalay, marmar konlari topilib, ishga tushirildi. Respublikada ijtimoiy fanlar, shu jumladan, tarix va arxeologiya sohalarida ham ancha ilmiy-tadqiqot ishlari ko’zga tashlandi. Yirik arxeolog olimlar: Ya.G’ulomov, S.Tolstov Xorazmda, M.E.Masson Samarqandda, VA.Shishkin, O.Nabiyev, A.T.Okladnikovlar Ohangaron vodiysi va Termiz atrofida katta hajmdagi qazilma ishlarini olib bordilar. Boysunda eng qadimgi ajdodlarimiz nasliga oid neandertal odami qoldiqlari, madaniy izlari topilishi fanda muhim yangilik bo’ldi. O`zbekiston fani markaz olimlari tomonidan ham e’tirof etildi. 1939-yil 9- yanvarda O`zbekiston XKS (hukumati) huzuridagi Fan qo’mitasi negizida SSSR FAning O`zbekiston filiali ta’sis etildi. O’sha kezlarda uning tarkibida 75 ta ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari mavjud edi. Ular 3024 nafar ilmiy xodimlarni o’z safiga birlashtirgandi. Bularning 109 nafari fan doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edilar. 1943-yil 4-noyabrda O`zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T.N.Qoriniyoziy saylandi. Download 279.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling