Tadbirlari va ularning mustamlakachilik
Download 279.8 Kb. Pdf ko'rish
|
19-mavzu
Ma’naviy-madaniy hayot.Bu yillarda o’zbek xalqining olis asrlarga borib qadaluvchi
moddiy va ma’naviy madaniyati durdonalari, osori atiqalari, masjidu madrasalar, maqbaralar ko’rinishidagi noyob me’moriy obidalariga zo’r berib xujum uyushtirildi. Binobarin, bu maskanlarning bora-bora qarovsiz, xarob ahvolga keltirilganligi tasodifiy emasdir. Ayniqsa bunda xalqimizning dilidan chuqur joy olgan uning uzoq asrlik islomiy qadriyatlari zavol topdirilganligi achinarlidir. Hatto bu razil maqsadga erishishda joylarda «Xudosizlar jamiyatlari» tuzilib, diniy tasavvurlarga, uning peshvolariga qarshi hujumdor ateistik kurash avj oldirildi. Buning oqibatida yurt ziyolilari sanalgan qanchalab ruhoniylar, ulamoyu fuzalolar ayovsiz ta’qibu quvg’inlarga duchor etildi yoxud qirg’in qilindi. Shunga qaramay o’zbek xalqining ko’plab yurtparvar ziyolilari fidoyilik namunalarini ko’rsatib, barcha qiyinchiliklarga dosh berib respublika madaniy hayotida faol qatnashdilar. 1929-yilda o’zbek musiqali teatriga asos solindi. 1933-yilga kelib Xamza nomli akademik drama teatri ish boshladi. Har qanday mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan milliy ruh ustivor bo’lib qolaverdi. Xalqimiz orasidan Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Ota G’iyos Abdug’aniyev, Madrahim Sheroziy, Domla Halim Ibodov, Abror Hidoyatov, Mulla To’ychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, Soraxonim, Tamaraxonim, Lutfixonim, Mukarramaxonim singari nomdor san’atkorlar yetishib chiqdi. 1936-yilda Toshkent konservatoriyasining ochilishi madaniy hayotda katta voqea bo’ldi. O’zbek musiqa madaniyatining zabardast vakillari - Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, To’xtasin Jalilov singari san’atkorlar ijodi xalq dilidan chuqur joy oldi. 1937-yilda Moskvada o’tkazilgan birinchi o’zbek san’ati va adabiyoti dekadasida «Gulsara», «Layli va Majnun» operalari, «Farhod va Shirin» musiqali dramasi va boshqa sahna asarlari katta mahorat bilan namoyish etildi. 30-yillarda O`zbekistonda kino san’ati shakllandi. Uning yorqin ifodasi sifatida shu davrda yaratilib ekranlarga chiqarilgan «Asal», «Qasam», «Ravot qashqirlari», «Azamat» singari filmlarni tilga olib o’tish joizdir. Ularni yaratishda Komil Yormatov, Nabi G’aniyev, Sulaymon Xo’jayev, Yo’ldosh A’zamov, Rahim Pirmuhamedov singari ajoyib o’zbek kino ustalari xizmatlari benazirdir. 20-30- yillarda respublikada ko’plab madaniy inshootlar qurildi. 1932-yilda respublikada 707 ta kutubxona, 3087 ta klub, 409 ta kino qurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey mavjud edi. 1937-1940- yillarda O`zbekiston shahar va qishloqlari radiolashtirildi. Yangidan 264 ta ko’chma va doimiy kino qurilmalari o’rnatilib, ularning soni 797 taga yetkazildi. 1941-yilda kitob nashr qilish 4375 nomga yetkazildi va 48 mln. nusxani tashkil etdi. 40-yillar boshlariga kelib kutubxona, klub, badiiy havaskorlik jamoalari soni 2 baravarga ko’paydi. Totalitar rejimining qaror topishi. XX asrning 20-yillari ikkinchi yarimlariga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib borgan I.V. Stalin asta-sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun Choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi. Shu maqsadga erishish yo’lida u o’z atrofiga bir guruh hushomadgo’y, labbaychi rahbar kadrlarni to’plab, ularni ishga solib, 9 partiyaning ko’plab tajribali, inqilobiy kurashlar jarayonida toblangan, g’oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk, nufuzli arboblarini obro’sizlantirishga intildi. 20-yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim masalasida sog’lom, xolis fikr bildirgan kadrlarni egallab turgan yuqori vazifalaridan chetlattirib borildi. Stalin o’z yo’liga g’ov bo’lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni tor-mor etish, o’z shaxsiy hokimiyati rejimini qaror toptirib borishda V.M.Molotov, K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar, yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo’r berib ko’klarga ko’tarib maqtash, madh qilishga yo’naltirildi. 20-yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g’oya butun mamlakat uchun halokatli oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib bordilar. O’z davrida kompartiya va sovet hokimiyati rahbariyatining o’zak-negizini tashkil etgan Trotskiy, Buxarin, Kamenov, Zinovyev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar Shunday muxolifatchi guruh vakillari sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik qatag’onlik domiga duchor etildilar. Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917-yildan boshlab shakllanana boshlagan totalitar siyosiy rejim 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida to’liq qaror topdi. Stalincha ma’muriy - buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O`zbekistonni o’z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil hal etishga haqli, huquqli emas edi. Buning uchun avvalo Markazning roziligini olish talab etilardi. O`zbekiston mustaqilligining nechog’lik rasmiy, yuzaki mazmunda bo’lganligi fakti uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o’z aksini topgan edi. Jumladan, O`zbekistonnning 1937-yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e’tibori bilan asosan 1936-yil 5-dekabrdan kuchga kirgan SSSR konstitutsiyasining aynan nusxasi edi. Unda respublikaning mustaqilligi, fuqarolarining huquqlari, erkinliklari madh etilmasin, biroq ular amaliyotda nechog’lik soxta, quruq safsatalar bo’lib chiqqanligi hammaga ayondir. Download 279.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling