Tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchilik faoliyati reja: Madaniy-ma`rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta`sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi


Ommaviy–madaniy tadbirlar rejissurasi


Download 44.86 Kb.
bet6/6
Sana13.05.2023
Hajmi44.86 Kb.
#1455983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TADBIRLARNI TASHKIL ETISHDA TASHKILOTCHILIK FAOLIYATI

Ommaviy–madaniy tadbirlar rejissurasi
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlarini bilish shu sohaga oid bilimlarni konkretlashtiradi, ularni egallashga aniqlik kiritadi, tadbirlar mohiyati va xarakterini to`laroq yoritib berishga yordam beradi.
O`ziga xos xususiyatlar haqida so`z borganda, hodisalarni bir-biridan ajratib turadigan, faqat bir hodisaning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan xususiy belgilari va tomonlari tushuniladi. Lekin o`ziga xos xususiyatlar bir hodisaning yakka o`zini o`rganish bilangina aniqlanmaydi. Balki bir necha hodisalarni bir-birlari bilan solishtirib ko`rilganda, ularning avval umumiy, keyin esa xususiy tomonlarini topish mumkin bo`ladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning xususiyatlarini aniqlash uchun ularni san`at, ommaviy axborot turlari bilan taqqoslab ko`riladi. CHunki badiiy-ommaviy tadbirlarning teatr spektakllari, kontsert programmalari, kinofilm va radioeshittirishlar, teleko`rsatuvlar bilan umumiy bo`lgan hamda ulardan ajralib turadigan o`ziga xos tomonlari bor.
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishning birinchi asosiy xususiyati shundan iboratki, u kundalik hayotning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo`ladi. Agar san`at asarlari real «birinchi dunyo»ni badiiylashtirish asosida «ikkinchi dunyo»ni vujudga keltirsa, badiiy-ommaviy ish shakllari kundalik hayotning o`zidagi muhim va diqqatga sazovor voqealarni tadbir sifatida uyushtiradi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mehnatkashlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilish asosan madaniy-ma`rifiy muassasalarning zimmasiga tushadi. Shunday ekan, aholining ishdan xoli vaqtida hayotning muhim daqiqalarini va mehnat yutuqlarini nishonlash hamda ular ehtiyojini qondirish uchun badiiy-ommaviy tadbirlar (turmushning tarkibiy qismi sifatida) uyushtiriladi. Mehnatkashlarning bo`sh vaqtlarida ularning bilimini oshirish uchun og`zaki jurnal, hordiq chiqarishlari uchun dam olish kechalari, biron buyuk sanani yoki mehnat yutug`ini nishonlash uchun bayramlar kabi ko`plab tadbirlar tashkil qilinadi. Bu tadbirlar esa maxsus o`ylab topilmaydi. Ularni mahalliy hayotning o`zi, kishilarning ma`naviy ehtiyoji bevosita taqozo qiladi va shularga binoan tadbirlar tashkil qilinadi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar kundalik turmushning tarkibiy qismi sifatida hayotning muhim daqiqalarini o`zida mujassamlashtirish bilan birga, ular hayotni real xujjatli materiallar bilan bog`liq holda aks ettiradi. Albatta, ularda barcha hayotiy materiallar badiiy-estetik bezalib, madaniy tadbir shakliga keltiriladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning ikkinchi xususiyati shundan iboratki, u bir marta tashkil etilib, asosan bir marta namoyish qilinadi. Agar teatr spektakllari kinofilmlar tayyorlangandan keyin yuzlab marta namoyish qilinsa, madaniy-ma`rifiy muassasalardagi tadbirlar esa takroran qo`yilmaydi. U muayyan va muhim sanalarga bag`ishlangan uchun faqat belgilangan kunda (yoki uning arafasida) tashkil qilinadi.
Agar teatrda qo`yilgan pyesani yana bir necha yildan keyin qaytadan sahnalashtirish mumkin bo`lsa, klub tadbirlarida bu holat takrorlanmaydi. Biron tadbir stsenariysining sxemasini ikkinchisiga qo`llash mumkin emas. Har qanday yangi stsenariy yangi tuzilishni, asosiy detallar va fikrlarning obrazi, o`ziga xos tuzilishini, o`y-kechinmalarni hamda ijodiy mehnatni talab qiladi.
Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
a) (Klub) tadbirlari ma`lum va muhim sanaga bag`ishlangani uchun faqat belgilangan kunda (yoki o`sha kun arafasida) tashkil qilinadi. Boshqa kunlarda ma`lum sanaga bag`ishlangan tadbirlarga ommaning ehtiyoji bo`lmaydi.
b) Klub hamda madaniyat va istirohat bog`i aholining ma`lum qismi uchun tayyorlangan tadbirlarni bir marta namoyish qilishi etarlidir. Masalan, o`qituvchilar kuniga bag`ishlangan tadbir asosan murabbiylar uchun bir marta — oktyabr’ oyining boshida o`tkazilishi mumkin.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning uchinchi xususiyati shundan iboratki, ular asosan mahalliy aholi uchun, ularning real hayotidan olingan materiallar asosida tuziladi. Tadbirlar aks ettiradigan materiallar muayyan muassasa xizmat qiladigan konkret xo`jalik, mahalla, korxona, kolxoz-sovxoz, rayon hayotidan olinadi. Tadbirlarning bosh qahramoni sifatida muayyan joyda mehnat qilib, mahalliy aholi orasida namuna bo`layotgan kishilar namoyon bo`ladi.
Shu bilan birga, badiiy-ommaviy tadbirlar xalqaro, umumittifoq yoki respublika miqyosidagi muhim voqealarga murojaat qilishi mumkin. Lekin madaniy-ma`rifiy muassasalardagi tadbirlar mazmunida faqat xalqaro, umumittifoq masalalari aks ettirilsa, boshqa ommaviy axborot vositalarining (radio, televidenie, matbuot) bajaradigan vazifalarga o`xshab ketadi. Madaniy-ma`rifiy muassasalar boshqa muassasalar bajaradigan vazifalarga o`z diqqatini jalb qilsa, bu takrorlanishga olib keladi va o`ziga xos xususiyatini yo`qotadi.
Radio, televidenie va matbuot ulkan kuchga, keng imkoniyatga ega bo`lgani bilan ularning ko`pgina eshittirish va ko`rsatuvlari barcha mahalliy hayot masalalarini aks ettira olmaydi. Ular asosan xalqaro, umumittifoq, respublika va oblast’ ahamiyatiga ega bo`lgan voqealarni aks ettirishi mumkin. Madaniy-ma`rifiy muassasalar esa, o`z tadbirlari orqali mahalliy hayot masalalarini muhim ijtimoiy voqealarga bog`lab olib borishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari. T.: 1996 yil.
2. Abdullayev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona, 1998 yil.
3. Abdullayev M. Abdullayev A. Ma’naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona, 1998 yil.
4. www.Ziyouz.com
5. www.arxiv.uz
6. www.ma’naviyat.uz


Download 44.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling