Тад¢и¢от мавзусининг долзарблиги
Download 6.37 Mb.
|
7-МАВЗУ. Молиявий назорат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiq etish
- Boshqaruv nazorati
- Moliyaviy holat tahlili
- Monitoring
TekshirishTekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida choralar belgilanadi. Hujjatlar va moliya-xo’jalik operasiyalarni to’liq qamrab olinishiga ko’ra yalpi hamda qisman (tanlanma) tekshirish turlariga bo’linadi. Yalpi tekshirishda tashkilot, korxona, muassasaning hamma moliya-xo’jalik operasiyalari va hujjatlari to’liq tekshiriladi; Qisman (tanlanma) tekshirishda faqat uning bir qismi tanlanma tartibda hujjatlar, operasiyalar, material qiymatliklar tekshiriladi. Tadqiq etishTadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, materiallar, yoqiligi va energiyaning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o’lchanadi. Shuningdek, tadqiq etish so’rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Boshqaruv nazoratiBoshqaruv nazorati (nadzor) moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug’urta, investision, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy subyektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U buzilishi lisenziyaning chaqirib olinishiga olib keladigan o’rnatilgan (belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ko’zda tutadi. Moliyaviy holat tahliliMoliyaviy holat tahlili usuli xo’jalik faoliyatining natijalariga, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o’rganish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. MonitoringMonitoring moliyaviy mablag`lardan oqilona va maqsadga muvofiq foydalanish maqsadida faoliyatni kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir. Download 6.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling