Tadqiqot muammosi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘aviy tushunchalarni o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etish. Tadqiqot obyekti


Tajriba – sinov ishlarining batafsil tavsifi


Download 127.94 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi127.94 Kb.
#1629079
1   2   3
Bog'liq
3.1 30.05

Tajriba – sinov ishlarining batafsil tavsifi:
Tajriba – sinov obyekti: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 45 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
Tajriba – sinov subyekti: Ushbu maktabning 3 – sinf o‘quvchilari
3 – “A” sinf tajriba – sinov guruhi,
3 – “G” sinf nazorat guruhi.
Tajriba – sinov guruhida jami 25 ta o‘quvchi bo‘lib, undan 8 nafar o‘g‘il bola, 17 nafar qiz bolalarni tashkil etadi. Jami 15 nafar o‘quvchi (8 nafar qiz bola, 7 nafar o‘g‘il bola) ishtirok etdi. Qolgan o‘quvchilar ishtirok etishdan bosh tortdi. Nazorat guruhida esa jami 22 nafar o‘quvchi bo‘lib, ulardan 12 nafar o‘g‘il bolalar 10 nafari qiz bolalarni tashkil etadi. Jami o‘quvchilardan 14 nafari tajriba – sinov ishlarida ishtirok etdi. Ishtirokchilardan 7 nafari qizlar, 7 nafari o‘g‘il bolalar. Qolgan 8 nafar o‘quvchi tajriba – sinov ishlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Tajriba – sinov ishlari 2022 – yil noyabr oylarida tajriba – sinov obyektida o‘tkazildi.
Tajriba – sinov ishlarini boshlashdan avval barcha ishtirokchilar jarayon bilan tanishtirildi, tegishli topshiriqlar berildi. Bunda o‘qitish mazmuni nazorat guruhida an’anviy, tajriba-sinov guruhida noan’anaviy usulda amalga oshirildi. Tajriba davomida o‘quvchilarga lug‘aviy tushunchalar interfaol metodlar orqali o‘qitildi. Tajriba yakunida har ikki sinf o‘quvchilardan test olindi. Testlar lug‘aviy ko‘nikmalarni shakllantirish mavzusi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, so‘zlarning yasalish xususiyatlari kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, qoidalari, ta’rif va tavsifini o‘rgatish uchun ularni mustaqil izlanishga chorlovchi “Aqliy hujum”, “So‘z bilimdoni”, “So‘zning zidini top”, “Kim topqir” kabi interfaol usullarda o‘qitishning natijalari tajriba – sinov guruhida quyidagicha (1-jadvalga qarang)
Jadval 1 : 3 “A” sinf - tajriba-sinov guruhi natijalari








Download 127.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling