Tadqiqot muammosi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘aviy tushunchalarni o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etish. Tadqiqot obyekti


Download 127.94 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi127.94 Kb.
#1629079
  1   2   3
Bog'liq
3.1 30.05


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘aviy ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha tajriba sinov ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi.

  1. Aniqlovchi eksperiment.

  2. Shakllantiruvchi eksperiment.

  3. Yakuniy nazorat eksperiment.

1-bosqich. Ushbu bosqichda biz tadqiqot muammosi, obyekti va predmeti, ilmiy farzi, yangiliklari va ko‘riladigan masala qilib oldik.
Tadqiqot muammosi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘aviy tushunchalarni o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etish.
Tadqiqot obyekti: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘aviy ko‘nikmalarni o‘rgatish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘aviy tushunchalarni o‘rgatish shakli, mazmuni, usullari va vositalari.
Ilmiy faraz: agar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘aviy ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlar o‘rgatilsa o‘qitish samaradorligi oshadi.
Kutilayotgan ilmiy yangiliklar:

  1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun lug‘aviy ko‘nikmalarni shakllantirishda interfaol usullar bilan o‘qitish metodikasi ishlab chiqiladi.

  2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘aviy ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol usullar o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Ko‘riladigan chora – tadbirlar: aniqlovchi bosqich uchun zaruriy barcha vazifalar belgilanadi, tayyorgarlik ishlari boshlanadi va amalga oshiriladi. Tajriba – sinov ishlarining muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun quyidagi obyektiv va subyektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlanadi:

  1. O‘quvchilar bilan ishlashga doir metodik shart – sharoitlarning yaratilganligi;

  2. O‘quvchilarni mustaqil izlanishli faoliyatga jalb etishga e’tiborning qaratilganligi;

  3. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish va hokazo.

2-bosqich. Ushbu bosqichda esa, tadqiqot ilmiy farazi (ta’lim shakli, mazmuni, usuli, metodi) sinovdan o‘tkaziladi, natijalar bayon qilinadi, statistik tahlil qilib beriladi.
Lug‘aviy tushunchalarni o‘qitish mazmunini quyidagicha belgilash mumkin:

  1. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (bunda zid ma’noli, ma’nodosh va shakldosh so‘zlar haqida o‘qitiladi).

  2. So‘zlarni o‘rganish bo‘yicha ijodiy, ilmiy – ijodiy izlanishga yo‘naltirilgan faoliyat (bunda so‘zlarning yasalish muammosi o‘rganiladi.

  3. Lug‘aviy tushunchalarni o‘rganish va o‘rgatish jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi munosabati.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq:

  1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, qoidalari, ta’rif va tavsifini o‘rgatish uchun ularni mustaqil izlanishga chorlovchi “Aqliy hujum”, “So‘z bilimdoni”, “So‘zning zidini top”, “Kim topqir” metodlaridan foydalanish yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi.

  2. So‘zlarni o‘rganish bo‘yicha ijodiy, ilmiy – ijodiy izlanishga yo‘naltirilgan faoliyatni rag‘batlantiruvchi interfaol usullar sifatida quyidagilar tanlab olindi.

“Baxs – munozara”, “So‘z ichida, so‘z”, “So‘zning oxiri sizniki”, “Oxirgi bog‘indan yangi so‘z” kabi interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  1. Lug‘aviy tushunchalarni o‘rganish va o‘rgatish jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi munosabatini muvofiqlashtirish “Baxs – munozara”, “Muammoli vaziyat” va yuqorida keltirilgan interfaol usullardan munosib ravishda foydalanishga bog‘liq.

Quyidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘aviy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasining tajriba – sinov jarayoni tasvirlanadi. Tajriba – sinov ishlari uchun nazorat guruh va tajriba – sinov guruhlari tanlab olingan.

Download 127.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling