Tadqiqot olib borish ko‘zda tutilgan
Mavzu: Modellashtirish-modellarni yaratish va ular yordamida matematik
Download 230.7 Kb.
|
kurs ishi namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. MODELLASHTIRILGAN O‘YINLAR ORQALI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
- IV. Xulosa va tavsiyalar V.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH
Mavzu: Modellashtirish-modellarni yaratish va ular yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalari
Reja: KIRISH. I BOB. MATEMATIK MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI ORQALI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI I.1.Bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlanishida modellashtirish texnologyalarining ahamiyati… I.2. Modellashtirish texnologyalarining bolani sensor tarbiyalash vositasi sifatidagi ahamiyati I.3.Matematik tasavvurlarni shakklantirish mashg‘ulotlarini o`tkazish metodikasi II BOB. MODELLASHTIRILGAN O‘YINLAR ORQALI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI II.1. Modellashtirilgan matematik texnologiyalarni o‘tkazish yo‘llari II.2. Texnologiyani o‘tkazish shart-sharoitlari II.3. Modellashtirilgan matematik texnologilarni o`tkazishga qo`yiladigan pedagogik talablar III. Tajriba IV. Xulosa va tavsiyalar V.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH Maktabgacha ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uch yirik hujjat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta‟lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3261 sonli Qarori. 30-sentabrdagi “ Maktabgacha ta‟lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198 sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‟lim vazirligi- faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida “gi PQ- 3305 Qarori qabul qilindi. Bugungi kunda jamiyatimizning eng muhim vazifalaridan biri barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz takidlaganidek: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada manaviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi”. Respublikamizda O‘tkazilayotgan islohotlarni takomillashtirish iqtisodiyotimizni rivojlangan davlatlar qatorida bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Oldimizda turgan maqsadlarimizga erishish yoshlarimizning intellektual salohiyati va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Ya’ni, barkamol avlodni tarbiyalash oldimizda turgan eng muhum vazifalaridan biridir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. Download 230.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling