Tadqiqotchi Meyliqulova Manzura Abdullayevnaning


Download 17.08 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi17.08 Kb.
#1269367
TuriReferat
Bog'liq
Tadqiqotchi Meyliqulova Manzura Abdullayevnaning


Tadqiqotchi Meyliqulova Manzura Abdullayevnaning
13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o`zbek adabiyoti)
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan ““8-sinf o‘quvchilarida adabiy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi
dissertatsiyasi va avtoreferatiga

TAQRIZ

Respublikamiz umumta’lim muassasalarida o`quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish, til sofligini saqlash, kreativ fikrlash, so‘zlash va yozishda badiiy tasvir vositalarini qo‘llash, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish, turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish, nutqning ifodaliligini oshirish, turli xarakterdagi matnlarni yarata olish kompetentligini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, muloqot jarayonida aniqlik va mantiqiy izchillikka amal qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradigan ta’limning zamonaviy strategiyalarini qo‘llash, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, mustaqil fikrlash, bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda tadqiqotchi Meyliqulova Manzura Abdullayevnaning “8-sinf o‘quvchilarida adabiy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi mazkur ilmiy muammoning yechimiga qaratilishi jihatidan dolzarb ahamiyat kasb etadi.


Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi 135 betni tashkil etadi.
Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan, maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti aniqlangan, ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ularning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning I bobi “Adabiyot ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan bo`lib, kompetensiya, kompetentlik, nutqiy kompetensiya atamalarining leksik izohi, bu tushunchaning mazmun-mohiyati ona tili o‘qitish metodikasi nuqtai nazaridan o‘rganilgan. Metodist olimlar, yirik tilshunoslarning fikr va tavsiyalari pedagogik muammo sifatida ilgari surilib, tahlil qilingan hamda 8-sinf adabiyot fani darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning mavjud holati o‘rganib chiqilgan.
Dissertatsiyaning II bobi “8-sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi, interaktiv va interfaol metodlarni qo‘llashning samarali natijalari deb nomlanib, unda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda tuzib chiqilgan maxsus topshiriqlarning, ta’limiy vositalarning o‘rni va ahamiyati, tinglab tushunish, so‘zlash kompetensiyalarini kompleks tarzda rivojlantirishning bosqichma-bosqich o‘stirish tizimi hamda bu kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion metodlar, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlanish darajasini nazorat qilish bosqichi uchun baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
Diccertasiyaning “Adabiyot darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va ular yuzasidan olingan natijalar tahlili xususida so‘z yuritilgan. Tajpiba-sinov ishlari Surxondaryo viloyati Angor tumani 19-maktab, Termiz shahri 11-maktab, Termiz shahri 9-maktab, Angor tumani3-maktab, Jarqo‘rg‘on tumani 2-sonli maktablarning 820 nafar o‘quvchilari jalb etilgan va ular ishtirokida olib borilgan.
Tadqiqot natijasida erishilgan yutuqlar bilan birga ba’zi mulohazali jihatlar ham mavjud:
1. Tadqiqot ishining modelini qayta ko‘rib chiqish kerak. Negaki o`quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish natijasi yoritilmagan.
2. Tadqiqot ishida xorij mamalakat olimlari ishlarining o`rganilishi va tadqiqotchi ishining farqli jihatlari yoritilmagan.
3. Tadqiqot ishida uslubiy, imloviy va ishoraviy xatoliklar mavjud.Ularni bartaraf etish muhim.
4. Dissertatasiya vazifalari va yangiligini qayta ko`rib chiqish muhim.
5. Adabiyotlar ro`yxatini to`g`ri shakllantirish kerak.
5. Dissertatsiyaning ilova qismi berilmagan, vaholanki, tajriba sinov ishlaridagi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ona tili o‘qitish metodikasi yuzasidan olib borilgan so‘rovnoma savollari va uning javoblar foizi ko‘rsatib o‘tilsa, dissertasyaning mazmuni boyitilgan va tajriba sinov ishlari samaradorligiga aniqlik kiritilgan bo‘lar edi.
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar tadqiqotning umumiy mazmuniga ta’sir ko‘satmaydi. Meyliqulova Manzura Abdullayevnaning ushbu dissertassiya ishi dolzarb muammoga bag‘ishlangan bo‘lib, u 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o`zbek adabiyoti)Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “8-sinf o‘quvchilarida adabiy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyasi hamda avtoreferatiga qo‘yiladigan talablariga javob beradi.
Tadqiqotchi Meyliqulova Manzura Abdullayevnaning “8-sinf o‘quvchilarida adabiy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi tugallangan tadqiqot bo‘lib, kamchiliklarni bartaraf etgan holda ishni himoyaning keyingi bosqichiga tavsiya etish mumkin.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti
Boshlang‘ich ta’limda ona tili va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi dotsent v/b, pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori: M.Kenjayeva
Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling