Tadqiqotchi Soliev Farhodjon Sodiqovichning
Download 39.5 Kb.
|
Тақриз 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko’rsatkichlari samaradorligini aniqlashning nazariy asoslari”
- SHaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko’rsatkichlari samaradorligini aniqlash metodologiyasi
- Vizual diagnostika metodi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarning empirik tahlili”
- Taqrizchi: UrDU, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti,PhD. Razakova R.S
Tadqiqotchi Soliev Farhodjon Sodiqovichning 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo’yicha « Shaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko’rsatkichlari samaradorligini aniqlashning psixologik asoslari» mavzusida psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi avtoreferatiga T A Q R I Z Hozirgi kunda “shaxsni tashqi ko’rinishi va ekspressiv xulqiga asoslanib vizual diagnostika qilish” muammosiga bo’lgan qiziqish tobora ortib borayotganligi bois muammoni yoritishga qaratilgan ko’plab ilmiy yondashuvlar bo’lishiga qaramay, tanlagan muammo nazariy, amaliy va ta’limiy jihatidan to’liq o’rganilishni talab etmoqda. Ijtimoiy kommunikatsiya jarayonida vizual diagnostikaga oid usullarni takkomillashtirish va uning samarodorligini oshirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-psixologik izlanishlar olib borish zarurati paydo bo’ldi. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, muammoning o’rganilganlik darajasi yoritilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilangan, qo’llanilgan metodlar, tadqiqot ob’ekti hamda predmeti aniqlashtirilgan, tadqiqotda olingan natijalarning ilmiy yangiligi, ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, ularning amaliyotda tadbiq etilishi, ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi, dissertatsion ishning tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “SHaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko’rsatkichlari samaradorligini aniqlashning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida ijtimoiy psixologiyada vizual psixodiagnostika qilish samaradorligi muammosining talqini, ijtimoiy-psixologik diagnostikaning mohiyati, psixodiagnostika, vizual psixodiagnostika tushunchasi va uning paydo bo’lish tarixi, predmeti, ob’ekti, kontseptsiyasi, metodologiyasi, vizualizatsiya jarayonining jamiyat va shaxs rivojlanishiga ta’siri, shaxslararo muloqot va o’z-o’zi bilan muloqot qilishni vosita va shakllarining yangi usullarini shakllantirish muammosi yoritib berilgan. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “SHaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko’rsatkichlari samaradorligini aniqlash metodologiyasi” deb nomlanib, mazkur bobda shaxsning ichki dunyosini ob’ektiv baholashda uning tashqi noverbal “men” obraziga ko’ra tahlil qilish, axborotlarni kodlashtirish orqali olingan axborotning metodologik asoslari, ekspressiv xulq-atvorni kodlashtirishning turli yo’nalishlari va funktsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni olishning kasbiy faoliyat bilan bog’liqligi chuqur tahlil qilingan. “Vizual diagnostika metodi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarning empirik tahlili” deb nomlangan uchnchi bobida, tadqiq etilayotgan masalaning amaliyotdagi holati, “SHaxs xususiyatlarini vizual diagnostikasi: 8 dominantlar” metodining tahlil natijalari va shaxsning o’ziga xosligini vizual diagnostikasi natijalarini MINI-MULT metodi bilan qiyosiy solishtirma tahlililini ifoda etuvchi materiallar bayon qilingan. Dissertant o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishgan, dissertatsiyaning ilmiy farazlari asoslanganligi maqsadga muvofiq. Dissertatsiya va avtoreferati ravon hamda tushunarli tilda yozilgan. Muallif tomonidan matnning mantiqiy bog’lanishi, uning ketma-ketligiga rioya etishda xatolarga yo’l qo’yilmagan. Ish mustaqil tadqiqot sifatida ilmiy jihatdan yakunlangan va tadqiqot avvalida qo’yilgan ilmiy yangilik o’z isbotini topgan. Avtoreferatda o’rnatilgan tartibga xos ravishda ishning umumiy tavsifi va asosiy tadqiqot natijalarining qisqacha mazmuni ochib berilgan. F.Solievning dissertatsiyasi avtoreferati mustaqil bajarilgan va tugallangan tadqiqot sifatida baholayman. Dissertatsiya ishi 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi ixtisosligiga mos keladi. Soliev Farhodjon Sodiqovichning psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman. Taqrizchi: UrDU, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti,PhD. Razakova R.S Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling