Tadqiqotchisi sifatida mashhurdir bu iqtisodiyotda konyunktur-statistik
Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi
Download 41.05 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- J.K.Gelbreyt
16.5. Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi
Yuqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda muhim o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki "neoindustrial", informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergensiya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya). "Industrial", "postindustrial" jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi "konvergensiya" nazariyalari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart "Hozirgi zamon kapitalizmi" asarida pluralizm, ya'ni turli sotsial tizimlarni - kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaruvchilarni yagona plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi. J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to`laroq ifodasini top-gan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan umumiy o`zgarishlar qayd etiladi (rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi farqlarning yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish, fan va ta'limning mehnat taqsimoti o`sishida asosiy omil ekanligi va boshqalar). Asta-sekin kapitalizmning "yomon" tomonlari sotsializmning "yaxshi" xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, "kapitalizm transformatsiyasi" ro`y berishi bashorat qilinadi. J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: "Mo`l-ko`lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1967), "Iqtisodiy nazariyalar va jamiyat maqsadlari" (1973), "Pullar" (1975), "Ishonchsizlik asri" (1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va intervyulari ham bor. Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog Tofflerning "Uchinchi to`lqin" kitobida bayon etiladi. Unda "yangi sivilizatsiya" davri vujudga keladi, deyilgan. Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy e'tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi (Jeyms Bukenen - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda. Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb e'lon qilinadi. Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta'minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z o`rnini egallaydi. XULOSA Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim o`rinni egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha klassik maktabga muxolif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, monopoliya, urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi, noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy maktabi qoidalari keng qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q. Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi, bular ijtimoiy-psixologik (texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik, J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim), iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning o`zgarishi, siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash, keyingi taraqqiyot bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish qonun-qoidalari hayotda o`z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas. Masalan, AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo amalda "Buyuk depressiya" boshlandi. Download 41.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling