Tadqiqotchisi sifatida mashhurdir bu iqtisodiyotda konyunktur-statistik


Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi


Download 41.05 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi41.05 Kb.
#1638245
1   2
16.5. Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi
Yuqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi
ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzarbligicha
qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veblen
kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu
yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi
zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda muhim
o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli
jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz
evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial
yoki "neoindustrial", informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi.
Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergensiya
nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin -
AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya).
"Industrial", "postindustrial" jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va
kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi "konvergensiya" nazariyalari
yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida
berilgan) V.Zombart "Hozirgi zamon kapitalizmi" asarida pluralizm, ya'ni
turli sotsial tizimlarni - kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaruvchilarni
yagona plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi.
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to`laroq
ifodasini top-gan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan
umumiy o`zgarishlar qayd etiladi (rejalashtirishdan
foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi
farqlarning yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish,
fan va ta'limning mehnat taqsimoti o`sishida asosiy
omil ekanligi va boshqalar). Asta-sekin kapitalizmning
"yomon" tomonlari sotsializmning "yaxshi"
xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi,
"kapitalizm transformatsiyasi" ro`y berishi bashorat
qilinadi.
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: "Mo`l-ko`lchilik
jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1967), "Iqtisodiy nazariyalar
va jamiyat maqsadlari" (1973), "Pullar" (1975), "Ishonchsizlik asri"
(1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va intervyulari ham
bor.
Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog
Tofflerning "Uchinchi to`lqin" kitobida bayon etiladi. Unda "yangi
sivilizatsiya" davri vujudga keladi, deyilgan.
Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo
bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan
chekiniladi va asosiy e'tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi.
Shunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi
(Jeyms Bukenen - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu
qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari
bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson
postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida
qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z
siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb
e'lon qilinadi.
Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar
shu qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona
iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda
yangi industrializatsiyani ta'minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z
o`rnini egallaydi.
XULOSA
Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim
o`rinni egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha klassik maktabga
muxolif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar
ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, monopoliya,
urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi,
noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy
maktabi qoidalari keng qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q.
Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi, bular ijtimoiy-psixologik
(texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik,
J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu
tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma
fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish,
ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim),
iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning o`zgarishi,
siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash, keyingi taraqqiyot
bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish qonun-qoidalari
hayotda o`z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas.
Masalan, AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo
amalda "Buyuk depressiya" boshlandi.
Download 41.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling