Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Sotsial omillar jamiyatning sotsial tarkibi va ayrim aholi guruhlarining 
rivojlanish dinamikasiga asoslanadi. Mazkur guruhga jamiyatning sotsial guruhlarga 
va sinflarga bo‘linishini belgilovchi demografik va madaniy omillar, stratifikatsiya 
omillari kiradi. Bularning barchasi sotsium – insonlar hamjamiyatini tavsiflaydi. 
Sotsial omillar korxona faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va albatta korxona 
tomonidan hisobga olinishi zarur. 
Masalan, so‘nggi o‘n yillikda qator demografik ko‘rsatkichlarning o‘zgarish 
tendensiyalari korxona maqsadlari va vazifalari tizimini shakllantirishda ularni 
majburiy hisobga olinishini taqozo etadi. O‘zbek korxonalari qator mintaqalarda 
aholining o‘sishi, migratsiyasi, yosh-jins va millati tarkibi, tug‘ilish darajasining va 
x.k. umumiy tendensiyalarini hisobga olishi zarur. 


169 
Madaniy rivojlanish omillari shakllangan iste’mol an’analari va madaniy 
qadriyatlarni hisobga oladi. Ular shuningdek, korxonaning marketing faoliyatiga 
ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonda jamiyatning sotsial guruhlarga va sinflarga bo‘linishini 
belgilovchi omillarni o‘rganish uchun aholi jon boshiga daromad nuqtai nazardan 
aholi sotsial sinflari (oliy, o‘rta va quyi), iste’mol modellari bo‘yicha tadqiqotlar olib 
borilmoqda.
Sotsial tendensiyalarni shakllantiruvchi barcha omillar o‘z tabiatiga ko‘ra uzoq 
muddatli hisoblanadi. 
Shunday qilib, biznesga sotsial omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida 
ayrim sotsial omillar biznes ta’sirida shakllanadi. Masalan, korxonaning xatti-
harakatlari jamiyat uchun salbiy yoki shubhali oqibatlar keltirish manbai bo‘lib 
xizmat qilganda jamiyat mazkur xatti-harakatlardan xavotirlana boshlaydi. Ommaviy 
axborot vositalarida yoritiladigan korxonalarning ahloqsiz xatti-harakatlar holatlari 
iste’molchilar va umuman jamiyatning tashvishlanishini va xatto g‘azabini keltirib 
chiqaradi. Ayni vaqtda jamiyat ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan korxonalar kamdan-kam hollarda maqtov yoki
ijobiy baho oladi. Jamiyat korxonalardan yuqori hayot standartlarini va umumiy 
turmush darajasi himoyasini ta’minlashni kutadi, xolbuki, bu kutishlar ko‘pincha 
asossiz yuqori va korxonalar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ularni 
oqlanshga qodir emas. 
“Texnologiya” so‘zini ko‘pchilik kompyuter, yuqori o‘tkazgichlar, lazer va 
suniy yurak kabi taraqqiyot yutuqlariga qiyoslaydi. Ushbu barcha mahsulotlar 
texnologiya mahsulotlari bo‘lsada, ulardan xech biri texnologiya hisoblanmaydi. 
Texnologiya (yunoncha “techne” – san’at, mahorat, qobiliyat va “logos” – so‘z, 
talimot) iqtisodiy resurslardan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun 
foydalanish mumkin bo‘lgan bilimlar, shu jumladan buni samarali bajarish va 
ko‘zlangan maqsadlarga erishishni bilish sifatida ta’riflanadi. 


170 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling