Tadqiqotlari


Axborot izlash vositalari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Axborot izlash vositalari 
Axborot izlash vositalarini tashkil qilish va foydalanish tamoyili bo‘yicha 
quyidagi vositalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
➢ qidiruv mashinalari – axborot izlashning asosiy vositasi hisoblanadi, chunki 
Internet web-serverlarining aksariyati indekslarini qamrab oladi. Biroq aynan shu 
ustunlik uning kamchiligi ham bo‘lib chiqadi. Har qanday so‘rovga ular, odatda juda 
katta hajmda axborot beradilarki, bu ma’lumotlarning orasida foydalanuvchi uchun 
kerakli axborot juda kam bo‘ladi; 
➢ qidiruv metavositalari – qidiruv argumentlarini, ya’ni tayanch so‘zlarni bir 
vaqtning o‘zida bir nechta qidiruv tizimlariga berish yo‘li bilan so‘rovni bajarish 
jarayonini tezlashtirishga imkon beradi. Qidiruv qamrovi kengayib, jarayon 
tezlashgan sharoitda bu usul so‘rov bilan ishlash natijalari bir nechta tizimdan kelib 
tushganda ularni 
vaqt bo‘yicha 
muvofiqlashtirish zarurati bilan bog‘liq 
kamchiliklarga ham ega bo‘ladi; 
➢ ixtisoslashgan qidiruv vositalari – «o‘rgimchak-dasturlar» bo‘lib, 
avtomatik rejimda web-sahifalarni ko‘rib chiqadi va kerakli axborotni qidirib topadi. 
Ularning ishlash mexanizmi qidiruv tizimlari o‘z indeks jadvallarini yaratishda 
foydalanuvchi mexanizmga yaqin; 
➢ kataloglar – qidiruv mashinalari kabi Internetdan foydalanuvchilar 
tomonidan zarur axborotni topish uchun foydalaniladi. Katalog barcha ma’lumotlar 
foydalanuvchilar tashabbusi bilan kiritiluvchi iyerarxik tashkil qilingan tuzilmani 
ifodalaydi. Natijada ulardagi axborot hajmi qidiruv tizimlariga nisbatan biroz 
cheklangan, biroq shu bilan bir paytda ularning asosida yotuvchi iyerarxik mavzu 
tuzilmasi sababli ancha tartibga solingan bo‘ladi.
Axborot izlash usullari. Har qanday vazifaga jiddiy yondashuv uni hal qilish 
mumkin bo‘lgan usullarni tahlil qilishdan boshlanadi. Internetda axborot izlashni 


245 
ikkita asosiy usul yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lib, ular maqsad va 
vazifalardan kelib chiqqan holda birgalikda yoki bir-biridan alohida qo‘llanishi 
mumkin: 
1. Qidiruv tizimlaridan foydalanish - bugungi kunda ushbu usul ma’lumot 
izlashning eng asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Uning qo‘llanishi tizimga qidiruv 
argumenti sifatida beriluvchi tayanch so‘zlarga asoslanadi. Natijada detalli ko‘rib 
chiqish talab qilinuvchi Internet resurslari ro‘yxati olinadi. Eng to‘g‘ri keluvchi 
natijani olish tezaurus tuzish bo‘yicha oldindan ishlashni talab qiladi; 
2. Gipermatn ssilkalar bo‘yicha izlash – Internetdagi barcha saytlar bir-biri 
bilan giperssilkalar orqali bog‘liqligi sababli axborot izlash brauzer yordamida 
ssilkalar bilan bog‘langan web-sahifalarni ketma-ketlikda ko‘rib chiqish yo‘li bilan 
amalga oshirilishi mumkin. Qidiruvning bu turiga kataloglar, tasnifiy va tematik 
ro‘yxatlar va turli ma’lumotnomalardan foydalanishni kiritish mumkin. Bunday usul 
eng ko‘p mehnat talab qiladi, biroq web-
sahifalarni «qo‘lbola» ko‘rib chiqish chuqur 
tahlil talab qiluvchi axborot izlashning 
yakuniy bosqichlarida yagona to‘g‘ri usul 
bo‘lib chiqishi mumkin.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling