Tadqiqotlari


-rasm. Sabab – oqibat aloqalarining mohiyati


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

13.1-rasm. Sabab – oqibat aloqalarining mohiyati 
 
Bu shartlar muhim ammo sabab-oqibat bog‘liqligi borligiga yetarli emasdir. 
Har biri alohida yoki uchchalasi bir vaqtda sabab-oqibat bog‘likligini mavjudligini 
yakuniy tasdiqlay olmaydi. Bu shartlarni har birini ko‘rib chiqamiz. 
1. Birgalikda buladigan o‘zgarishlar (variatsiya). Bu (concomitant variation) 
birgalikda yuz berish darajasi yoki “X” sabab-oqibat hodisasining “U” oqibatini 
birga yuz berish varianti bo‘lib, sabab bog‘liqligini mavjudligini taxminiy bashorat 
kiladi. Bu shartga muvofiqligini tasdiqlovchi dalillar ham sifatli, ham mikdoriy 
bo‘lishi mumkin. 
Sifatli dalilga misol keltiramiz: univermag menedjerlari sotuv hajmi asosan 
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga bog‘lik deya taxmin qilishadi. Bu gipotezani 
birgalikdagi variatsiya shartlariga amal qilib tekshirib ko‘rish mumkin. Bu holatda 
sabab omili- xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifati, oqibat omili- sotuv hajmidir. Bu 
gipotezada birgalikda variatsiya mavjudligi shuni bildiradiki, xaridorlarga o‘rta 
sifatda xizmat ko‘rsatuvchi univermaglar o‘rta savdo hajmiga ega bo‘ladi degani. Shu 
kabi past sifatda xizmat ko‘rsatuvchi univermaglar kichik savdo hajmini ko‘rsatib 
beradi. Agarda bu taxminga qarshi omillar ko‘rinsa yoki kelib chiqsa, bu taxminni 
chippakka chiqaradi. 
Sabab-
oqibat 
aloqalari
Birgalikdagi 
variatsilar
(bir-biriga 
oʻxshashlik)
Vaqt 
mobaynidagi 
hodisaning yuz 
berish tartibi
Boshqa boʻlishi 
mumkin sabab 
omillarining 
yoʻqligi


276 
Miqdoriy dalilga misol sifatida ixtiyoriy 1000 respondentdan univermag model 
kiyimlar sotib olish buyicha o‘tkazilgan so‘rovnomani keltirish mumkin. Bu so‘rov 
natijasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Respondentlar o‘z bilim ma’lumot darajasiga 
ko‘ra past va yuqori guruhlarga ajratilgan. Bu jadval shunday taxminga asosan 
qurilganki, ma’lumot darajasi zamonaviy kiyim sotib olishga ta’sir kiladi . Yuqori 
ma’lumotga ega resspondentlar ko‘proq zamonaviy kiyimlar sotib olishi mumkin. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling