Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Ma’lumot darajasi 

Yuqori 
241 (80%) 
59 (20%) 
300 
(100%) 
Past 
151 (76%) 
49 (24%) 
200 
(100%) 
Bu jadvalga asoslanib shuni aytish mumkinki, ma’lumot darajasi yuqori 
bo‘lganlar zamonaviy kiyimlar xaridini ko‘proq amalga oshirishi kuzatilmoqda. Bu 
jadvaldagi zamonaviy kiyimlar xaridi xajmi yuqori va past darajali ma’lumotli va 
daromadlari turli darajadagi odamlarning orasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. Daromad 
guruhi orasidagi munosabat qisqargan. Bu yuqoridagi jadval fikrni noto‘g‘ri bo‘lishi 
mumkinligidan dalolat beradi.
Sabab orqali oqibat yuzaga keladi. Xuddi shunday natijaning ham 
shakllanishiga bevosita omillar ta’sir qiladi. Ijobiy sabablar (omillar) yaxshi oqibatga, 
shuningdek, ijobiy omillar yuqori natijaga olib kelganidek, salbiy sabab yomon 
oqibatga, omillarning salbiy ta’siri natijaning pasayishiga olib keladi. Shu tufayli 
tahlil jarayonida natija ko‘rsatkichlariga omillar ta’sirini batafsil o‘rganishga to‘g‘ri 
keladi. 
2. Vaqt mobaynidagi hodisaning yuz berish tartibi. Vaqt mobaynida hodisaning 
yuz berish tartibi sabab-oqibat munosabatlarining hususiyatlarini yanada chuqurroq 
o‘rganish imkonini beradi. Bu shuni anglatadiki, sabab-hodisa va sabab oqibatdan 
avval yoki bir vaqtda yuz berishi kerak. U oqibatdan keyin yuz berishi kerak emas. 
Oqibat keyin yuz bersa, oqibatni aniqlash sababli deb aytib bo‘lmaydi. Shu bilan 
birga sabab-oqibat bog‘liqligidagi xar bir hodisa boshqa hodisaning oqibati yoki 
sababi bo‘lishi mumkin.


278 
Boshqacha qilib aytganda, o‘zgarishlar sabab-oqibat munosabatlarining sababi 
va oqibati bo‘lishi mumkin. Misol sifatida shuni aytish mumkinki, bu univermagdan 
doimo xarid kiluvchi xaridordar bu univermagni kredit kartochkasiga (masalan, 
“korzinka” tizimidagi karta) ega bulishi mumkin. Yoki bu univermagni kredit 
kartochkalariga ega xaridorlari o‘sha yerda xarid qilishga moyil bo‘ladilar. 
Univermagni savdo hajmi va xizmat ko‘rsatish sifati misoliga qaytamiz. Agar 
savdo hajmi o‘sishi xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga bog‘liq bo‘lsa , unda savdo 
hajmini o‘sishidan oldin yoki bir vaqtni o‘zida o‘sishini yaxshilash chora tadbirlari 
o‘tkazish joyiz bo‘lishi kerak. Bu choralar sotuvchilarni ko‘paytirish yoki qo‘shimcha 
qayta tayyorlash bilan xarakterlanishi mumkin. Keyingi oy univermagni savdo 
daromadi o‘sishi mumkin. Yoki aksincha, savdo hajmi sotuvchilarni qayta 
tayyorlash yoki ularni ko‘paytirish bilan bir vaqtda o‘sishi mumkin. Agarda savdo 
hajmini sezilarli o‘sganidan keyin univermag daromadini qaysidir bir qismini 
sotuvchilarni kayta o‘qitishga yunaltirsa, bu xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini 
oshishiga olib keladi. Bu holatda xizmat ko‘rsatishning oshishi savdo hajmini 
oshishga sabab bo‘la olmaydi.
3. Boshqa mumkin bo‘lgan sabab omillarning yuqligi. Boshqa mumkin bo‘lgan 
sabab omillarni yo‘qligi ko‘rilayotgan sababning bir donaligini bildiradi. Agar 
qachonki savdo hajmiga ta’sir etuvchi boshqa barcha omillar, jumladan narxlash, 
reklama, sotuv kanallari, tovar sifati, raqobat 
o‘zgarishsiz 
yoki 
nazorat 
qilinadigan 
bo‘lsagina 
xizmat 
ko‘rsatish 
sifatini 
oshirishni savdo hajmining o‘sishini sababi 
qilib ko‘rsata olishimiz mumkin. 
Vaziyatni o‘rganib chiqqandan so‘ng, 
ko‘rib chiqilayotganlardan tashqari barcha 
sabab omillarini chiqarib tashlash haqida 
ishonch bilan aytish mumkin. Bunga qarshi 
tajriba davomida ba’zi boshqa sabab omillarining ta’sirini nazorat qilish mumkin.


279 
Xulosa qilib aytganda, yuqorida aytib o‘tilgan uchta shartlarning yig‘indisi 
xam tasodifiy (sabab-oqibat) bog‘liqlikning mavjudligini shak-shubhasiz dalili 
ekanini bildirmaydi. Bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgani natijasidagi isbotlar tasodifiy 
bog‘liqlik mavjudligini ishonchini oshirishi mumkin. Dalillarni sharhlash muammoli 
vaziyatni chuqur anglash asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bu ishonch yanada 
kuchayadi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling