Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrelyatsion tahlildan amaliyotda foydalanishga misol
14.2. Juftli korrelyatsiya Agar marketologni ikkita metrik ko‘rsatkich o‘rtasidagi aloqa qiziqtiradigan bo‘lsa, bunda juft korrelyatsiyadan foydalaniladi. Ushbu korrelyatsiya Pirson korrelyatsiya koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Korrelyatsiya xususiy koeffitsiyenti – o‘zgaruvchilar samarasiga tuzatish kiritishdan so‘ng ikkita o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘lchovidir. Korrelyatsiya koeffitsiyenti -1 dan +1 gacha o‘zgaradi. Koeffitsiyent mutlaq qiymati aloqa qalinligini tavsiflaydi, belgi esa uning yo‘nalishini ko‘rsatadi. Juft korrelyatsiya quyidagi kabi savollarga javob beradi: - talab reklama xarajatlari bilan qanchalik kuchli bog‘langan? - iste’molchilarning tovarlar sifatini qabul qilishi ularning narxni qabul qilishi bilan bog‘liqmi? Xususiy korrelyatsiya esa quyidagi savollarga javob beradi: - agar talabning reklama xarajatlariga bog‘liqligini oladigan bo‘lsak, narx omilining ta’siri bormi? - sifat va narx ta’sirini o‘rganishda savdo markasi samarasi bormi? Xususiy korrelyatsiya qalbaki bog‘liqliklarni aniqlash uchun foydali bo‘lishi mumkin. Agar ma’lumotlar oraliqli yoki nisbiy shkalalar yordamida o‘lchangan bo‘lsa, bu korrelyatsiya turlarining birontasi bilan muammo yuzaga kelmaydi. Lekin nometrik o‘zgaruvchilar ham mavjud bo‘lib, ularni oraliqli yoki nisbiy shkalalar yordamida o‘lchab bo‘lmaydi yoki ular normal taqsimot qonuniga bo‘ysunmaydi. Bunday holatlarda Spirmen koeffitsiyentlari yoki Kendal rang korrelyatsiyasi foydalaniladi, korrelyatsiyaning o‘zi esa nometrik korrelyatsiya deb ataladi. Bu koeffitsiyentlarning farqi shundaki, Kendal rang korrelyatsiyasi kuzatuvlarning katta qismi nisbatan kam sonli toifalarga to‘g‘ri kelganda, Spirmen rang korrelyatsiyasi esa, aksincha – toifalar soni ko‘p bo‘lganda foydalaniladi. Korrelyatsion tahlildan amaliyotda foydalanishga misol : 295 Iste’molchilarning savdo markalariga munosabatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan marketologlarning aniqlashicha, sotuvchilarning minimal ishtiroki bilan sotiladigan tovarlar uchun xaridorning reklamaga munosabati brendni tanib olish va unga munosabat o‘rtasida oraliq bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Ular agar tovarlar kompyuter tarmog‘i orqali xarid qilinadigan bo‘lsa, bu oraliq o‘zgaruvchi bilan nima bo‘lishini bilishga harakat qilib ko‘rdilar. Vengriyada kompaniyalardan biri xaridlarga bevosita reklamaning ta’sirini tadqiq qildi. Marketologlar o‘tkazgan so‘rov davomida turli ko‘rsatkichlar o‘lchandi. Shundan so‘ng brendga munosabat bilan unga ishonch o‘rtasida xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblab chiqish va shu bilan bir paytda reklamaga munosabatni istisno qilish zarur bo‘ldi. Mazkur korrelyatsion tahlil reklamaga munosabat haqiqatda muhim ahamiyat kasb etishini va iste’molchilar xulq-atvoriga ta’sir etishini ko‘rsatdi, chunki xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti brendga ishonch va unga munosabat juft koeffitsiyentidan ancha kichik edi. Tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar va jarayonlar bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan bo‘lib, bu hodisa va jarayonlardan birining o‘zgarishi, albatda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi va aksincha. Bunda birinchisi albatta funksiya yoki natija bo‘lsa, ikkinchilari argument yoki omillar bo‘lib hisoblanadi. Bunday hodisalar marketing jarayonida ham sodir bo‘ladi. Shu tufayli marketing tadqiqotlarida ham ushbu bog‘lanishlarni albatta o‘rganishni taqozo qiladi. Natija ko‘rsatkichi bilan omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar xarakteriga qarab ikki guruhga bo‘linadi: - funksional bog‘lanishlar; - korrelyatsion bog‘lanishlar. Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab ham ikkiga bo‘linadi: - to‘g‘ri bog‘lanishlar; - teskari bog‘lanishlar. Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab ham bog‘lanishlar ikki guruhga bo‘linadi: - to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlar; 296 - egri chiziqli bog‘lanishlar. Bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi bilan ikkinchi ko‘rsatkich albatta o‘zgarsa va ular bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lsa bunday bog‘lanishlar funksional bog‘lanishlar deb aytiladi. Funksional bog‘lanishning eng muxim xususiyatlari shulardan iborat: - natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bevosita arifmetik belgilardan iborat bo‘ladi; - ularning joylashuviga qarab qaysi omil ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi aniq bo‘ladi; - omilning qanchaga o‘zgarishi natijani qanday o‘zgarganligini ham aniqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi; - ushbu ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi (natija bilan omillarning) albatta matematik formulalarda tenglama shaklida ifodalanadi. Ko‘rsatkichlarning funksional bog‘lanishlarini sxematik tarzda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling