Bog‘lanishlarni o‘lchash. Korrelyatsiya haqida tushuncha. Korrelyatsiya koeffitsienti. Ko‘plik va xususiy korrelyatsiya


Download 0.83 Mb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1256206
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-maruza Bog‘lanishlarni o‘lchash

Bog‘lanishlarni o‘lchash. Korrelyatsiya haqida tushuncha. Korrelyatsiya koeffitsienti. Ko‘plik va xususiy korrelyatsiya.

Maruzachi: Maxsudov V.G.


Toshkent-2022

Reja:

  • Statistik va korrelyatsion bog‘lanish
  • Korrelyatsiya haqida tushuncha
  • Funktsional qaramlik va o'zaro bog'liqlik
  • Korrelyatsiya koeffitsienti
  • Korrelyatsiya koeffitsientining asosiy xossalari
  • Bog'lanish mustahkamligini baholash
  • Korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashning ishonchliligi.
  • Korrelyatsiya koeffitsientining ishonchliligini baholash;

Fan va texnikada asosan funksional bog‘lanishlar bilan ish kо‘riladi. Funksional bog’lanish tasodifiy bо‘lmagan о‘zgaruvchilar (masalan, doiraning radiusi va yuzasi (S=πr2); vakuumda vaqtga bog’liq tezlikning pasayishi va sh.k.) va shuningdek, tasodifiy miqdorlar orasida ham (masalan, sotib olingan tovar soni va uning narxi va sh. k.) bо‘lishi mumkin.

Fan va texnikada asosan funksional bog‘lanishlar bilan ish kо‘riladi. Funksional bog’lanish tasodifiy bо‘lmagan о‘zgaruvchilar (masalan, doiraning radiusi va yuzasi (S=πr2); vakuumda vaqtga bog’liq tezlikning pasayishi va sh.k.) va shuningdek, tasodifiy miqdorlar orasida ham (masalan, sotib olingan tovar soni va uning narxi va sh. k.) bо‘lishi mumkin.

Amalda tasodifiy miqdorlar orasidagi qat’iy funksional bog‘lanish juda kamdan-kam hollarda kuzatiladi, chunki tasodifiy miqdorlarning qiymatlari kо‘pgina tasodifiy omillarga bog‘liqdir. Shu bilan birga tasodifiy miqdorlarga ta’sir etadigan tasodifiy omillar ichida umumiylari bо‘lgan hollar tez-tez uchrab turadi, bunday hollarda tasodifiy miqdorlar statistik bog‘langan deyiladi.

Statistik bog‘lanishga masalan, hosildorlik va berilgan о‘g‘itlar miqdori; insonning bо‘yi va og‘irligi (massasi) va shu kabilarni keltirish mumkin. Statistik bog‘lanishda tasodifiy miqdorlardan birining о‘zgarishi boshqa tasodifiy miqdor taqsimot qonunini о‘zgarishiga olib keladi. Xususan, agar miqdorlardan birining о‘zgarishi ikkinchisining о‘rtacha qiymatini о‘zgarishida kо‘rinsa, bu holda statistik bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish deyiladi. Korrelyatsion bog‘lanishga misol keltiramiz. Aytaylik, Y - don hosili, X-о‘g‘itlar miqdori bо‘lsin. Bir xil yer maydoniga ega joylardan bir xil miqdorda о‘g‘it solinganda ham har xil hosil olinadi, ya’ni Y miqdor X miqdorning funksiyasi emas. Bu tasodifiy omillar (yog‘ingarchilik, havo temperaturasi va shu kabilar) ta’siri bilan tushuntiriladi. Shunga qaramasdan, tajriba kо‘rsatadiki, о‘rtacha hosil о‘g‘itlar miqdorining funksiyasidir, ya’ni Y miqdor X miqdor bilan korrelyatsion bog‘langan.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling