Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Y
i = f (x 1, x 2, x 3, … x n ) = f (x i ) ; bu yerda: Y i - natijaviy belgi; x 1, x 2, x 3, … x n - alohida omillarning belgilari; X i - omillar belgisi; f (x i ) – bu belgilarning ma’lum funksional bog‘lanishidir. Ammo amaliyotda shunday bog‘lanishlar ham borki, bir ko‘rsatkichning (omilning) o‘zgarishi ikkinchi ko‘rsatkichning (natijaning) o‘zgarishiga olib kelishi tabiiy. Biroq, ularning bir-biriga ta’sirini funksional holatdagidek aniqlash qiyin. Masalan, iqlimning o‘zgarishi hosildorlikka ta’sir qilish tayin, lekin qanchaga o‘zgartirganligini hisoblashning imkoni yo‘q. Bunday noaniq bog‘lanish statistikada korrelyatsion bog‘lanish deb aytiladi. Ushbu so‘zning ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, correlatio – narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi, deyilgan. Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq ruyxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyatsion bog‘lanishlarning taxminiy ifodalarini yozish mumkin, 297 xolos. Korrelyatsion bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: Y i = a 1 + a 1 x ; Bunda:Y i –natija ko‘rsatkichi; a 1 – ikkinchi darajali va tasodifiy omillar ta’sirida yuz beradigan natija belgisinining o‘zgarmaydigan bir qismi; a 1 x – hisobga olingan natija belgisining ma’lum omil belgilar ta’siri ostida shakllangan o‘zgariuvchining bir qismidir. Muayyan davr ichida ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanishni asosan oddiy parallel qatorlar tuzish yo‘li bilan o‘rganiladi. Shu maqsadda eng avvalo, taqqoslanayotgan belgilar o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har ikkala qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi. Bunday korrelyatsion bog‘lanishlar yuqorida aytilganidek bir qancha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: - to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish; - qisman to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish; - teskari chiziqli bog‘lanish; - qisman teskari chiziqli bog‘lanish; - nol koeffitsiyentli bog‘lanish. Marketing tadqiqotlarida barcha bog‘lanishlar uchrashi tabiiy. Bularning har birini qisqagina qarab chiqish maqsadga muvofiq. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanish deyilganda, omillarning ijobiy tomonga o‘zgarishi natijaning ham ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib kelishi tushuniladi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin: Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling