Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


18 
1-BOB. «MARKETING TADQIQOTLARI» FANINING PREDMETI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI 
1.1 «Marketing tadqiqotlari» fanining asosiy
tushunchalari va maqsadi 
Bozor bu – tovarlarni pulga ayirboshlash, tovar o‘z xaridorini topib, egasini 
almashtiradigan, iste’molchi talabini qondiradigan, sotuvchi esa o‘z xarajatlarini 
qoplaydigan va foyda oladigan (yoki aksincha, zarar ko‘radigan) sohadir. Tovarlar 
bozorini shuningdek, talab va taklif qonuniga muvofiq faoliyat yuritadigan taqsimot 
vositasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U sotuvchilar va xaridorlarni birlashtiradigan 
hamda bir-biri bilan savdo qilish uchun mo‘ljallangan mexanizmdir. Ko‘plab 
marketologlarning hisoblashicha, bozor yakuniy mahsulotning mavjud va potensial 
sotuvchi va xaridorlari yig‘indisini ifodalaydi. Zamonaviy tovar bozorida yetarli 
darajada murakkab strukturalangan ijtimoiy va boshqaruv jarayoni shakllangan 
bo‘lib, Filipp Kotlerning
1
fikriga ko‘ra u tovarlar yaratish, taklif qilish va 
ayirboshlash vositasida shaxslar va shaxslar guruhlarining ehtiyoj va muhtojliklarini 
qondirishga yo‘naltirilgandir. Bu jarayon - “marketing” nomini olgan.
Marketing (ingl. market — bozor) – tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan 
iste’mol sohasiga samarali yetkazib berish, shuningdek, ularni sotish uchun qulay 
sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv, tartibga solish va tadqiqotchilik 
faoliyati tizimidir. Tovarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazib 
berishga yo‘naltirilgan bozor faoliyati sohasini xam marketingga mansub deb 
hisoblash mumkin. 
Bugungi 
kundagi 
iqtisodiyot 
tarkibini 
tubdan 
o‘zgartirish, 
uni 
diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, islohotlarni davom ettirish va 
chuqurlashtirish sharoitida marketing sohasidagi andozalarni mamlakatimiz ta’lim 
tizimida qo‘llash bo‘yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi 
bo‘lib hisoblanadi. 
1
Котлер, Ф. Основы маркетинга. 5-е изд. / Ф. Котлер, А. Гари. - М.: Вильямс, 2016. - 752 c.


19 
Marketing – tovarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga yetkazib 
berish, ya’ni xaridorlar talabiga muvofiq ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan har 
qanday faoliyatdir. 
Marketingning maqsadi – tovarlar oldi-sotdi jarayonini ilmiy asoslangan va 
samarali tashkil qilish yo‘li bilan xaridorlar talabini qondirishdir. 
Shuningdek, marketing bu - tovar va xizmatlar harakatlarining barcha 
bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni o‘rganish, mahsulotni ishlab 
chiqarish bo‘yicha dasturini yaratish, sotish va iste’molchilarga yetkazib berish bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin 
qayta ishlashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit tizimli 
yondashishdir. 
Marketing faoliyati doimiy yangilanib boruvchi marketing sikli shaklida aks 
ettirilishi mumkin bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling