Tadqiqotlari


MISOL. Fokus-guruhlar boshlovchilari uchun kim hisobot yozadi?


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

MISOL. Fokus-guruhlar boshlovchilari uchun kim hisobot yozadi? 
Konnektikut shtati Uilton shahrida joylashgan, sifat marketing tadqiqotlariga 
ixtisoslashgan Groups Plus. Inc. kompaniyasi prezidenti Tomas Grikbaum so‘nggi 
yillarda fokus-guruhlar o‘tkazishda o‘ringa ega bo‘laytigan tendensiyani ko‘rsatadi. 
Uning ta’kidlashicha, ayrim fokus-guruhlar boshlovchilari mijozlarga axborotni 
buzib ko‘rsatadi, chunki ularning hisobotlari amalda fokus-guruhlar ishida 
qatnashmagan boshqa odamlar tomonidan yozilgan bo‘ladi. 
Grinbaum ma’lumotlariga ko‘ra, boshlovchilarning yarmidan ko‘pi mijozlarga 
hisobot tayyorlash uchun boshqa odamlarning xizmatlaridan foydalanadi. Bunday 
yolg‘on hisobotlar ko‘pincha to‘liqsiz ish kuni band bo‘lgan xodimlar yoki kichik 


323 
marketolog-tadqiqotchilar tomonidan yoziladi. Grinbaum yolg‘on hisobotlar yozishni 
tanqid qiladi, chunki fokus-guruh qatnashchilarining noverbal reaksiyalari yoki 
birgalikdagi guruh faoliyati doim ham audioyozuvni tinglayotganlar yoki fokus-
guruh videosini tomosha qilayotganlar tomonidan aniq yetkazib berilmaydi. 
Grinbaum boshlovchilarni mijozlar bilan fokus-guruhlar bo‘yicha hisobot 
muallifligida halol bo‘lishga undaydi, shuningdek, mijozlarni ular bilan shartnoma 
bo‘yicha ishlaydigan tadqiqotchilik guruhlari ishiga yaanada talabchan bo‘lishga 
chaqiradi. 
"Garchi ushbu tarmoqdagi ayrim mutaxassislar hisobotni mijozga jo‘natishdan 
oldin doimo tekshirib chiqishini yoki, ehtimol, hisobotning asosiy bo‘limlarini o‘zi 
yozganligini aytgan holda bunday amaliyotni himoya qilsada, fokus-guruh o‘tkazish 
yakunlaridan foydalanadigan mijozlar bunday amaliyotga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lishi lozim, - maslahat beradi Grinbaum. – Agar mijozlar ularning 
hisobotini kimdir begona shaxs yozishini oldindan bilsa, bu muammoni qisman hal 
qiladi, lekin bu maslahatchilardan olingan natijalar eng yaxshi bo‘lishiini 
anglatmaydi". 
Grinbaum hisobot sifatining yomonlashuvi ehtimoliga qo‘shimcha ravishda 
qayd etadiki, boshqa odamlar tomonidan hisobot tuzish tizimi yakuniy hisobot taqdim 
etishni sekinlashtiradi. "Hisobotni o‘zi yozadigan boshlovchilar oxirgi gurhda so‘rov 
o‘tkazilgan kundan 7-10 kun o‘tgach hisobotni yakunlashga harakat qiladi, shu 
sababli olingan axborot yangi bo‘ladi va undan hisobot yozishda foydalaniladi, - 
ta’kidlaydi Grinbaum. – Biroq hisobot yozish uchun boshqalardan foydalanadigan 
boshlovchilarning aksariyati mijozlarga oxirgi guruh bilan ish yakunlangandan so‘ng 
uch-to‘rt hafta davomida yakuniy hisobot taqdim etishga qodir bo‘lmaydi ". 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling