Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot va taqdimot tayyorlash
15.2. Hisobot va taqdimot muhimligi Hisobot va uni taqdim etish – marketing tadqiqotlari loyihasining eng muhim qismidir. 1.Ular bajarilgan ishlarning sezilarli natijasi hisoblanadi. loyiha yakunlangach va rahbariyat qaror qabul qilgach, yozma hisobotni istisno qilganda marketing tadqiqotini hujjatlar bilan tasdiqlashning boshqa bir yo‘li yo‘q. U bajarilgan loyihaning amaldagi guvohligidir. 2.Kompaniya menejmenti qaror qabul qilishda hisobot va taqdimotga amal qiladi. agar marketing tadqiqoti loyihasining birinchi besh bosqichi puxta bajarilgan, oltinchisiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan bo‘lsa, loyihaning buyurtmachi uchun qimmati keskin pasayadi. 3.Ko‘plab holatlarda buyurtmachi kompaniyaning menejer-marketologlari loyihadagi o‘z ishtirokini yozma hisobot va og‘zaki taqdimot bilan chegaralaydi. Ular loyihaning ish sifatini hisobot va taqdimot bo‘yicha baholaydi. 4.Menejmentning kelajakda marketing tadqiqoti o‘tkazish yoki takroriy tadqiqot o‘tkazish uchun muayyan firma bilan hamkorlikni davom ettirish haqida qaroriga hisobot va taqdimot foydaliligini idrok qilish ta’sir ko‘rsatadi. Hisobot va taqdimot tayyorlash 322 Xisobot va taqdimot tayyorlashning borishi haqida gap ketganda, marketing tadqiqotining muammosi, muammoga yondashuv, tadqiqot va dala ishlari rejasi nuqtai nazaridan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalarini sharhlashdan boshlanadi. Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash natijalarini qisqacha bayon qilish o‘rniga marketolog o‘z xulosalarini shunday taqdim etishi kerakki, ulardan qaror qabul qilish uchun bevosita asos sifatida foydalanish mumkin bo‘lishi lozim. Marketolog albatta xulosalar chiqarishi va amaliy tavsiyalar berishi lozim. Hisobot yozishdan oldin tadqiqotchi olingan asosiy ma’lumotlar, xulosalar va tavsiyalarni asosiy qaror qabul qiladigan shaxslar bilan muhokama qilishi lozim. Bu uchrashuvlar – hisobot mijozning talablariga javob berishi va yakuniy hisobda qabul qilinishining asosiy kafolatidir. Bunday muhokamalar davomida yozma hisobot va boshqa materiallar tuzish sanasini belgilash zarur. O‘tkazilgan marketing tadqiqotining natijasi alohida shaxslar uchun alohida yozma hisobot yoki bir nechta ma’ruzalar bo‘lishi kerak. Odatda yozma ma’ruza og‘zaki taqdimot bilan birga keladi. Hisobot va taqdimot taqdim etilgandan so‘ng, mijozlar bilan mijoz o‘rtasidagi hamkorlik tugamaydi. Tadqiqotchi mijozga hisobotni tushunishga yordam berishi, olingan natijalarni amalga oshirish, keyingi tadqiqotlar o‘tkazish va tadqiqot jarayonini retrospektivada baholashda ko‘maklashishi lozim. Hisobot va taqdimot tayyorlashga jalb qilingan tadqiqotchining roli quyidagi misolda ko‘rsatilgan. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling