Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Ilova xati. Hisobotda odatda ilova xati (letter of transmittal) mavjud bo‘lib, u 
mijozga hisobot bilan birga taqdim etiladi va unda ushbu loyihaning olingan natijalar 
bilan bog‘liq bo‘lmagan qisqacha yakuni keltiriladi. Xatda, shuningdek, mijoz 
tomonidan olingan ma’lumotlarni amalga oshirish yoki kelgusida amalga oshirish 
lozim bo‘lgan tadqiqot kabi keyingi zaruriy harakatlar ko‘rsatilishi lozim. 
Ruxsat beruvchi, vakolat beruvchi xat (letter of authorization). Ushbu hujjat 
mijoz tomonidan tadqiqotchiga loyiha bo‘yicha ishlar boshlanmasidan oldin 
jo‘natiladi. Bu xat tadqiqotchiga loyiha bo‘yicha ishlarni bajarish vakolatini beradi 
hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hajmi va shartlarini ko‘rsatadi. Ko‘pincha 
ilova xatida vakolat beruvchi xatga havola qilinadi. Biroq ba’zida hisobotga ruxsat 
beruvchi xatning nusxasini kiritish zarur bo‘ladi. 
Mundarija. Mundarijada (table of contents) hisobot qismlarining ro‘yxati mos 
keluvchi sahifalar raqamlari bilan keltiriladi. Ko‘plab hisobotlarda mundarija faqat 


326 
asosiy va qo‘shimcha sarlavhalardan iborat bo‘ladi. Mundarijadan keyin jadvallar, 
grafiklar, ilovalar va misollar ro‘yxati keladi. 
Rahbariyat uchun rezyume (executive summary)hisobotning muhim 
qismi hisoblanadi, chunki ko‘pincha mijoz-kompaniya rahbari faqat uni o‘qiydi. 
Rezyumeda tadqiqot muammosi, usuli va rejasi qisqacha bayon qilinishi lozim. 
Rezyume bo‘limlaridan biri asosiy natijalar, xulosa va tavsiyalarga bag‘ishlanadi. 
Rezyume butun hisobot yozib bo‘linganidan keyin tuziladi. 
Muammoning ta’rifi. Hisobotning muammo ta’rifiga (problem definition) 
bag‘ishlangan bo‘limida uning tarixi, qaror qabul qiladigan shaxslar va tarmoq 
ekspertlari bilan batafsil muhokamalar keltiriladi, ikkilamchi ma’lumotlar tahlili, 
ko‘rib chiqilgan omillar va o‘tkazilgan sifat tadqiqoti muhokama qilinadi. Bundan 
tashqari, u marketing tadqiqoti muammosi va boshqaruv muammosining aniq 
ifodasidan iborat bo‘lishi lozim. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling