Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
15.4. Og‘zaki taqdimot 
Marketing tadqiqoti loyihasi mijoz-firma rahbariyatiga taqdim etiladi. Bu 
taqdimot unga yozma hisobotni tushunish va qabul qilishga yordam beradi. Taqdimot 
paytida firma rahbariyati unda tug‘ilgan har qanday savollarni berishi mumkin. 
Ko‘plab rahbarlarda loyiha haqida birinchi va oxirgi taassurot taqdimot asosida 
shakllanishi sababli uning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. 
Puxta tayyorgarlik ko‘rish samarali taqdimotning garovidir. Nutq matni yoki 
uning batafsil konspekti yozma hisobot mantiqiga mos kelishi lozim. Taqdtimotni 
muloqot doirasini hisobga olgan holda tayyorlash lozim. Manfaatdor shaxslar, 
qatnashchilar va loyihaning oddiy tinglovchilarini belgilab olish, shuningdek, 
bajarilgan loyiha natijalari qay darajada unga daxl qilishini aniqlashga harakat qilish 
kerak. So‘zga chiqishdan oldin bir necha marta mashq qilib ko‘rish kerak. 


330 
Jadval va grafiklarni turli usullar bilan ko‘rsatish lozim. mel yoki flomaster 
bilan yozish uchun taxtalar zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi. 
Ular ayniqsa, maxsus savollarga javob berishda foydali. Magnitli va karton taxtalar 
oldindan tayyorlangan materialni tez taqdim etishga yordam beradi. Teskari tomoniga 
o‘girib qo‘yilgan diagrammali varaqlar zarur axborotni yozish uchun toza varaqlar 
sifatida foydalaniladi. Proyektor yordamida oddiy grafiklar, shuningdek, murakkab 
sxemalarni ketma-ketlikda ekranga chiqarish mumkin. Jalb etuvchan slaydlar olish 
uchun bir necha xil kompyuter dasturlari mavjud. Rangli plakatlar, slaydlar, 
videomagnitofonlar va proyektorlar fokus-guruhning ish natijalarini va dala 
ishlarining boshqa jihatlarini taqdim etishda ayniqsa samarali bo‘ladi. Shuningdek, 
monitordagi tasvirni ekranga tushirishga imkon beradigan shaxsiy kompyuterlarga 
ulanadigan proyektor apparatlaridan foydalanish mumkin. 
Taqdimot paytida muloqot doirasi bilan yaqin aloqani qo‘llab-quvvatlash 
lozim. qatnashchilarga taqdimot payti ham, undan keyin ham savol berish uchun 
imkoniyat berilishi lozim. Taqdimot qiziqarli, hayotdan olingan voqealar, tarixiy 
hodisalar, tsitatalardan foydalangan holda ishonarli bo‘lishi zarur. «E-e», «haligi…», 
«bilasizku», «mayli» kabi so‘zlardan qochishga harakat qilish kerak. "Ularga ayting" 
("tell thenr") tamoyili taqdimot o‘tkazish uchun samaralidir. Unga ko‘ra: 
tinglovchilarga ularga aytish niyatida bo‘lgan narsalarni gapiring; ular uchun gapiring 
va ularga siz aytgan narsalarni gapiring. 
Samarali tadqiqot qoidasi. Ushbu tamoyilga ko‘ra: tinglovchilarga siz ularga 
aytish istagida bo‘lgan narsalarni gapirib bering; ular uchun gapiring va ularga siz 
aytgan narsalarni gapiring. 
Boshqa bir foydali qoida KISS them tamoyiliga amal qilish bo‘lib, unga ko‘ra: 
"Oddiy va ochiq bo‘l" (ingliz tilidagi KISS akronimi - Keep It Simple and 
Straightforward). 
KISS tamoyili ("KISS them1 principle) 
Ma’ruzani taqdim etish tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra: " Oddiy va ochiq bo‘l". 
Ma’ruzani o‘qishda imo-ishoralardan foydalanish lozim. ko‘rgazmali imo-
ishoralar axborotni og‘zaki uzatishni kuchaytiradi yoki kuchaytiradi. Ifodali imo-


331 
ishoralar aytilgan fikrni kuchaytirish uchun foydalaniladi. Suggestiv imo-ishoralar – 
g‘oyalar va hissiyatlar ramzi. Unlovchi imo-ishoralar muloqot doirasida ma’ruzachi 
uchun kerakli bo‘lgan javob yuzaga keltiradi. Ma’ruzachi ovoz balandligi, ohangi va 
artikulyatsiyani o‘zgartirishi tavsiya etiladi. Taqdimotni kuchli yakun bilan tugatish 
lozim. taqdimotning muhimligini ta’kidlash uchun uni quyidagi misolda ko‘rsatilgani 
kabi, eng yuqori darajali rahbarlar ishtirokida mijoz tashkilotida o‘tkazish maqsadga 
muvofiq. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling