Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Xulosa va tavsiyalar. Hisobotda tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash 
yakunini keltirish yetarli emas. Natijalar qo‘yilgan muammoni hisobga olgan holda 
yoritib berilishi lozim. Tadqiqot natijalari va xulosalarga (conclusions) asoslangan 
holda, tadqiqotchi qaror qabul qiladigan shaxslarga tavsiyalar (recommendations) 
berishi mumkin. Ba’zida marketologlardan tavsiya ham so‘ralmaydi, chunki ular 
qator holatlarda mijoz firmasidagi utun vaziyatni qamrab ola olmaydi. Agar 
tavsiyalar berilgan bo‘lsa, ular amaliy bo‘lishi va bevosita rahbariyat tomonidan qaror 
qabul qilishda foydalanilishi lozim. 
Hisobotni yozish 
O‘quvchilar. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, hisobot o‘ziga xos 
o‘quvchilar turi – tadqiqot natijalaridan o‘z ishida foydalanadigan marketing bo‘yicha 


328 
menejerlar uchun tayyorlanadi. Hisobot mualliflari o‘quvchilarning maxsus 
tayyorgarligi va ularning loyihaga qiziqishini, shuningdek, ular ushbu hisobotni 
o‘qiydigan va undan foydalanadigan vaziyatni hisobga olishlari lozim. 
Hisobotda maxsus atamalar va jargon so‘zlarni suiiste’mol qilmaslik kerak. 
Ekspertlardan birining aytishicha: "Sizning hisobotlarni o‘qiydigan shaxslar – band 
bo‘lgan odamlar; ularning kam sonli qismigina bir vaqtning o‘zida ham tadqiqot 
haqida hisobot o‘qishi, ham lug‘at varaqlashi va kofe ichishi mumkin" [5]. Agar 
ayrim maxsus atamalarsiz ish bitmaydigan bo‘lsa, ularning mazmuni ilovalarda 
bayon qilib o‘tilishi lozim. Gap marketing tadqiqotlariga taalluqli bo‘lganida odamlar 
ular tushunmaydigan yechim bilan rozi bo‘lgandan ko‘ra hal qilinmagan muammo 
bilan yashashga rozi bo‘ladi. 
Ko‘pincha tadqiqotchi loyihaga qiziqish va maxsus tayyorgarlik darajasi 
turlicha bo‘lgan bir nechta guruhning ehtiyojlarini qondirishi lozim. Bunday nizoli 
so‘rovlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hisobotga turli o‘quvchilar uchun turli bo‘limlar 
kiritish yoki alohida maxsus hisobotlar tayyoranishi mumkin. 
O‘qish osonligi. Hisobot o‘qish uchun oson, chunonchi, mantiqan 
strukturalangan va tushunarli tarzda yozilgan bo‘lishi lozim. Hisobot materiali, 
ayniqsa, uning asosiy qismi mantiqan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim. Sarlavhalar 
asosiy mavzulr uchun, kichik sarlavhalar esa – kichik mavzular uchun foydalanilishi 
lozim. 
Materialni mantiqiy tashkil qilish bog‘langan hisobotga olib keladi. 
Tushunarlilikni yaxshi tuzilgan, qisqa va mohiyatga tegishli gaplardan foydalangan 
holda oshirish mumkin. So‘zlar tadqiqotchining fikrini aniq yetkazishi, murakkab 
so‘zlar, jargonlar va qolip so‘zlardan qochish lozim. Hisobot tushunarliligi uning 
loyiha bilan tanish bo‘lmagan bir necha kishi tanqidiy ruhda o‘qib chiqishi bilan 
tekshirish mumkin. Yakuniy hisobot qo‘lga kiritilgunga qadar hisobotning bir necha 
variantini yoziga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori. 
Prezentabellik, professional tashqi ko‘rinish. Hisobotni rasmiylashtirishga katta 
e’tibor qaratish lozim. U sifatli qog‘ozda bosib chiqarilgan va muqovalangan bo‘lishi 


329 
lozim. Shriftlar to‘g‘ri tanlanishi kerak, matnni o‘qish qulay bo‘lishi ko‘p jihatdan 
shunga bog‘liq bo‘ladi. 
Ob’ektivlik – hisobotning zaruriy shartidir. Metodologiya, natijalar va 
xulosalar aniq bayon qilinishi lozim. Buyurtmachining kutayotgan natijalariga mos 
bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qaror qabul 
qiladigan shaxslar ularning fikri yoki harakatlari noqulay tarzda aks ettirilgan 
hisobotni zavq-shavq bilan qabul qilishi ehtimoli past. Tadqiqotchi natijalarni 
ob’ektiv aks ettirish va himoya qilish uchun jasoratga ega bo‘lish lozim. «Aslida 
qanday bo‘lsa, shunday gapir» degan qoidaga rioya qilish zarur. 
Matnni jadvallar va grafiklar bilan kuchaytirish. Matndagi asosiy axborotni 
jadvallar, grafiklar, rasmlar, xaritalar va boshqa vizual vositalar bilan kuchaytirish 
lozim bo‘lib, bu hisobotni tushunish oson bo‘lishiga xizmat qiladi va va uning ta’sir 
darajasini oshiradi.
Qisqalik. Hisobot qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Barcha keraksiz narsalarni 
qoldirib ketish lozim. Agar hisobotda axborot juda ko‘p bo‘lsa, muhim jihatlar 
ko‘rinmay qolishi mumkin. Biroq qisqalikka hisobiga bayon qilish to‘liqliga 
hhisobiga erishmaslik lozim. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling