Diversifikatsiya (lot. Diversus – har xil, facers - bajarmoq) – ishlab
chiqarish faoliyatining har xil rivojlanishi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
assortimentini kengaytirish, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqrishlarni bir
mahal rivojlantirish.
Investitsiya (lot. Investio – o‘rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida
turli tarmoqlarga , ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik
loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish. Davlat, chet el, xususiy, moliyaviy, real
investitsiyalar farqlanadi.
Innovatsiya (ingl. Innovation – yangilik, ixtiro) – texnika va texnologiya
avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar,
yangilik (g‘oya, mahsulot, xizmat).
Internet (ingl. Internet) – millionlab kompyuterlarni birlashtirgan global,
jahon o‘rgimchak to‘ri, axborot almashuv tizimi.
Iqtisodiy muhit (ingl. Economic environment) – daromad, narx, to‘plangan
zahira, kredit shartlari, umumiy iqtisodiy sifatlar bilan ifodalanadi.
Kommunikatsiya (ingl. Communication) – bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro
axborot almashuvidir.
Konsalting (ingl. Consult - maslahatlashish) – qo‘shimcha xizmatlar tizimi
orqali, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlagan holda, xalqaro jarayonlarga ta’sirni
mustahkamlash.
Korporatsiya – (lot. Corporatio – birlashma, uyushma, jamiyat) - biron-
bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar majmui.
Lizing (ingl. leasing) – mashina, jihoz, asbob-uskuna, transport vositalari,
ishlab chiqarish dastgohlarini uzoq muddatga ijaraga berish.
Marketing (ingl. market — bozor) – tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan
iste’mol sohasiga samarali yetkazib berish, shuningdek, ularni sotish uchun qulay
338
sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv, tartibga solish va tadqiqotchilik
faoliyati tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |