Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Marketing budjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi 
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi 
elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, 
marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing 
budjetini 
rejalashtirish 
maqsadli 
foydaga 
asoslanishi 
yoki 
foydani 
optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin. 
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash va 
ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki 
savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq xarakatlar va bosqichlarning
tartibga solingan majmui. 
Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashki muhit 
bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (junatuvchi va qabul kiluvchi), vositalar, 
kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul kiluvchining taxriri) aloqalar majmui;
2) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui. 
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish 
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar 
ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, 
qoida va goyalari tizimi. Atrofdagi aniq xolatga, bozor munosabatlari rivojlanish 
darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis 
konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan 
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi 
uzgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. 
Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida 
(4R: Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar utkazishni 
talab qiladi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling