341
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing xujjatlarini
rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining xolati va xulk-
atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
izlab topish, kodlashtirish va saklashni tashkil
etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi
kuyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik,
dasturiy, matematik
ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai,
uning asosida korxona
menedjmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish,
ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga
aylantirish.
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing
xarajatlari belgilab qo‘yilgan xolda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab
chiqarishni tuxtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2)
marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining
resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari
natijaviyligining kompleks
ko‘rsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar
turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini
ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing
tadqiqotlari, savdo, narxning xosil bo‘lishi,
tovarni yetkazib berish, marketing
razvedkasi, bengmarketing va x.k.) bilan bog‘liq faoliyat; 3)
bozor iqtisodiyotida
takror ishlab chiqarish zanjirining barcha buginlarida marketing vositalari va
falsafasini kullash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni
qondirish va
foyda keltirish uchun nimani, qayerda, kancha va qanday kilib ishlab
chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi xar qanday faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: